Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish



Yüklə 187,5 Kb.
səhifə1/6
tarix05.02.2023
ölçüsü187,5 Kb.
#100240
  1   2   3   4   5   6
Huquqiy tarbiya haqida


Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………3-5
I BOB Huquqiy tarbiya haqida tushuncha………………..……………….
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish….…….….
1.2. Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari………………..7-8
II BOB Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish………………………….……………..
2.1. Huquqiy tarbiyaning ta’lim va tarbiyani tashkil etishdagi o’rni…..…
2.2. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga huquqiy tarbiya berishni tashkil etishda "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"dan foydalanishning ahamiyati………………………..…………………………………………………
Xulosava tavsiyalar…………………………………..………………
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….…...

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniy ham «Tarbiya biz uchun yo hayot –yo momot, yo najot –yo halokat, yo saodat –yo falokat masalasidir» deb bejiz ta’kidlamagan. Chunki «huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat» kabi bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va bir-birini to’ldirib turuvchi ushbu mantiqiy izchillikda va ketma-ketlikda joylashgan o’xshash kategoriyalar jamiyat huquqiy tizimining holatidan darak beradi.Shaxs huquqiy ongi eng avvalo huquqiy tarbiya ta’sirida shakllanadi. Huquqiy tarbiya batartiblilik va intizom darajasining oshishiga, burch hissining mustahkamlanishiga va shaxs huquqiy madaniyatining yuksalishiga yordam beradi. Huquq sub’ektlari huquqga hurmat bilan qarashlari, amaldagi qonun normalariga rioya etishlari, huquqbuzarlikning har qanday ko’rinishlariga murosasizlik bilan munosabatda bo’lishlari uchun ular avvalo huquqning mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni, kishilar hayotini tashkil etishda ijobiy ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Bunda huquqiy tarbiya asosiy rol o’ynaydi. “Huquqiy tarbiya–bu davlat, uning organlari va xodimlarining, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuqori ko’tarish yuzasidan maqsadga yo’naltirilgan doimiy faoliyatidir”. Tadqiqotchi R.Boymirzayevaning talqinicha, “Huquqiy tarbiya bu avloddan avlodga huquqiy madaniyat, huquqiy tajriba, huquqiy ideallar va jamiyatda vujudga keladigan nizolarni hal etishning vositalari va mexanizmlarini o’tkazish (uzatish) yuzasidan tegishli sub’ektlar tomonidan olib boriladigan maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir. Bunday faoliyat ta’lim va tarbiya maskanlarida, ya’ni ta’lim barcha turlarida mavjud. Huquqiy tarbiyaning oilada va ommaviy axborot vositalarining axborot va ma’lumotlari orqali singdirishga ham erishiladi.Odatda huquqiy tarbiya haqida gap ketganda uning tor va keng ma’nodagi tushunchalari ajratiladi. Keng ma’nodagi huquqiy tarbiyada inson butun jamiyat tomonidan tarbiyalanadi, ya’ni o’zini qurshab turgan muhit, yuridik amaliyot, davlatning mansabdor shaxslari va boshqa huquq sub’ektlarining hatti-harakati natijasida tarbiyalanadi.” .Keng ma’nodagi huquqiy tarbiyada gap insonning jamiyatga kirishib ketishi, uning ijtimoiylashuvi haqida ketmoqda. Bu joyda bir xolatga e’tibor berish kerak. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari–davlat apparatida faoliyat olib borayotgan xodimlarning asosiy maqsadi bevosita insonlarga nisbatan huquqiy tarbiya olib borish bo’lmasada, ularning faoliyati bilvosita insonlarning huquqiy ongi shakllanishiga ta’sir etadi. Tor ma’noda huquqiy tarbiya – maxsus sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, o’zining fuqarolar, aholi va butun jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatini ko’tarish maqsadiga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanadi. Bizni fikrimizga huquqiy tarbiya qator maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: – amaldagi qonunchilik, qonuniylik, birinchi navbatda bevosita insonga tegishli bo’lgan shaxsning huquq va erkinliklari haqida yetarli va chuqur bilim va ma’lumotlarga ega bo’lish;–huquqiy, madaniy qadriyat sifatidagi qonunga insonlarda chinakam hurmat hissini shakllantirish, uning nufuzini ko’tarish, huquqiy nigilizm ko’rinishilari bilan murosasiz kurash olib borish;–insonlarda huquqiy itoatkorlik hissini tarbiyalash, huquqiy xulqning afzalliklarini aholi ongiga singdirish, huquqbuzarlikka nisbatan salbiy munosabatni mustahkamlash, aholida yuridik faoliyatda ishtirok etishning ko’nikma va yo’llarini shakllantirish;

Yüklə 187,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə