Maktabgacha ta’limi bo’limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti guruh



Yüklə 4,1 Mb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#144079
1   2   3   4   5   6
iyun oyi uchun haftalik faoliyat ishlanmalar

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish. Mantiqiy fikrlashni va nutqni rivojlantirish.


Kutilayotgan natija: O`zbekiston sportchilari haqida bilimlari oshadi. Sport turlari, uarning turli-tumanligi va har bir sport turning o`ziga xos xususiyati haqida bilimga ega bo`ldilar. O`z tanasining shaxsiy gigiyenasiga rioya qilish zarurati haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi. Sportning salomatlik uchun ahamiyati to`g`tisida ma’lumotga ega bo`ladilar. Sog`lom bo`lish, o`ziga etiborli bo`lish istagi tarbiyalanadi. Sog`lom turmush tarziga odatlanadilar. O`z salomatligi uchun mas’uliyat hissi ortadi.


Kerakli jixozlar:

  1. Sportchilardan Hasanboy Do`stmatov, Bektemir Meliqo`ziyev, Fazliddin G`oyibnazarov, Shaxram G`iyosov, Ruslan Nuriddinov va boshqa sportchilarning suratlari yoki monitor orqali ko`rsatish uchun AKT.

  2. Sportchilarning: chavandoz, kurashchi, polvon, gimnastikachi, tennischi, langarchi, mergan, yengil atletikachi, shaxmatchi, qilichboz, futbolchi, xokkeychi, velopoygachilarning kiyimlari va kerakli jihozlar.



(Musiqa sadosi ostida bolalar sport kiyimida zalga kirishadi)
Boshlovchi:
Assalom, bolajonlar,
Shirintoy, qaqajonlar!
Siz istiqlol erkasi,
Yurtimizning ertasi.

Sog`lom, barkamol avlod,
Hur Vatanda erkin, shod.
Unib, o`sgan, ulg`aygan,
Vatan mehrin ilg`agan.

Ko`nglimiz muddaosi,


Doimo sog`lom bo`ling.
Botir bo`ling, pahlavon,
Faxr etsin O`zbekiston!

Assalomu - alaykum aziz bolajonlar. Bugun siz bilan uchrashishga Polvonjon va Sog`lomjon mehmon bo`lib kelgan.


(Musiqa sadosi ostida Polvonjon va Sog`lomjon kirib keladilar, salomlashadilar).
Polvonjon: Salom bolajonlar! Siz o`sib, ulg`ayib, pahlavon bo`lishingiz, el yurtga posbon bo`lishingiz kerak.
Sog`lomjon: Buning uchun siz avvalambor sog`lom bo`lishingiz kerak. Sog`lom bo`lish ucnun tozalikka rioya qilishingiz kerak.
Qanday yaxshi, bolalar,
Tozalik, orastalik.
Go`zal xulq, odob bilan,
Hamisha payvastalik.



Sahar turib uyqudan,
Muzday suvda yuz yuvmoq.
Qiziguncha to badan,
Yo`lakchada yugurmoq.


Polvonjon: “Bir-ikki” – deb egilib,
Mashqlar qilsangiz yana,
Shahd bilan ko`krak kerib,
Yursangiz yayrar tana.

Ozoda-yu orasta,


Ko`rkam bo`ling, sog` bo`ling,
Ko`rgan bo`lsin havasda,
Doim kongli chog` bo`ling!
Boshlovchi: Bizning bolajonlar kelajakda mashhur sportchi bo`lishmoqchi. Chunki sport salomatlikni mustahkamlash bilan birga har qaysi davlatni olamga mashhur qiladi. Buning uchun
Bolajonlarimiz qanday tayyorgarlik ko`rayotganliklarini namoyish etadilar.
(Musiqa sadosi yangraydi, davraga chavandoz, kurashchi, polvon kiradi )

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə