“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153782
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. 
O`zbekistonRespublikasining mustaqilligi sharoitida 
demokratik va huquqiy jamiyatni barpo etish yo`lida amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy harakat mustaqil fikrlash layoqatiga ega, aqliy, ma'naviy– axloqiy va 
jismoniy jihatdan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib 
chiqdi. Zero, sog`lom avlod va uning ijtimoiy faolligi milliy hamda umuminsoniy 
qadriyatlar ustuvorligi ta'minlangan huquqiy jamiyatni barpo etish imkoniyatini 
beradi. 
O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” hamda “Sog`lom avlod” davlat dasturi mazmunida o`z aksini 
topgan g`oyalar insonni intellektual va ma'naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, 
bo’lajak Mudiralarda sog`lom shaxsni tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish 
imkonini beruvchi eng maqbul yo`l ekanligini ifoda etadi.Yoshlar salomatligini 
mustahkamlash, ularda mafkuraviy va jismoniy jihatdan xavfli sanalgan salbiy 
odatlarning qaror topishini oldini olish, ularga qarshi kurashuvchanlik immunitetini 
hosil qilish, pedagogika nazariyasi va amaliyotida keng ko`lamda tadqiq etilishi 
lozim bo`lgan muhim muammolardandir. 
Mavzu doirasida qator ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilganligiga qaramasdan, Kurs 
ishi olib borilishini taqozo etgan mazkur muammoning dolzarbligini quyidagi 
omillarni belgilaydi: - ijtimoiy – siyosiy omil. Tarixiy xronologik manbalarni 
o`rganish natijasida shunday to`xtamga kelish mumkin: inson mavjud ekan, uning 
hayoti va salomatligi muhofazasini ta'minlash dolzarb ijtimoiy masalalardan biri 
sifatida e'tirof etilib, mazkur muammoga o`sha davr ehtiyojiga ko`ra o`ziga xos 
tarzda yondashilgan.Jamiyatda sog`lom bolalarni tarbiyalash o`sib kelayotgan
yoshlarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, barcha davrlarda bo`lgani kabi 
bugungi kunda ham davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri 
hisoblanadi.Hattoki, 1-prezidentimiz I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 12 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
xalqning sog`lom va farovon hayot kechirishini asosiy sharti insonning “...hayot 
tarzini, hayot kechirishini to`g`ri tashkil qilishi, o`z salomatligiga bo`lgan oqilona 
munosabatidir” deya ta'kidlab, sog`lom bolalarni tarbiyalash va madaniyatini 
jamiyat a'zolari ongida qaror toptirish kechiktirib bo`lmaydigan muammo 
ekanligini qayd etgan holda – 2005 yilni mamlakatimizda “Sihat – salomatlik yili” 
deb e'lon qildilar. 
Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali 
pedagog uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib 
tarbiyalash vazifalarini to’laqonli xal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi 
ta`lim-tarbiyaviy pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga 
oshirilishi uchun zarur shart -sharoitlarni ta`minlaydi. O’z jamoasida ishchanlik 



maqsadga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik 
qiladi. Mudira o’z ishida-davlatimiz va Xalq ta`limi vazirligi tomonidan qabul 
qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni 
amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik tamoyillik o’ziga va qo’l 
ostidagilarga talabchanlik. Bu mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir. 
Jamoadagi to’g’ri o’zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab 
chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta`minlaydi. 
Rahbarlik mavqei mudira o’z g’oyaviy, ma`naviy ma`rifiy, siyosiy – huquqiy 
saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni 
bolalarga ta`lim - tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi 
bosqichda maktabgacha ta`lim oldida turgan vazifalarni bilishga va o`z 
bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U dastur metodik 
instruktiv, normativ xujjatlarni yaxshi bilishi va ularga amal qilishi kerak. U 
pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darhol 
bartaraf qilish choralarini ko`rishi lozim. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri Xalq ta`limini boshqarish organlari 
tomonidan oliy ma`lumotga va 3 yildan kam bo`lmagan pedagogik ish stajiga ega 
bo`lgan yoki o`rta mahsus ma`lumotiga va 5 yildan kam bo’lmagan pedagogik ish 
stajiga ega bo`lgan shaxslardan tanlanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida 
qadrlarni tanlash joy-joyiga qo’yish tarbiyalash bo`yicha ishni mehnat jamoasi 
maktabgacha ta`lim muassasasi kengashining faol ishtirokida ma`muriyat amalga 
oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi rahbarlari qadrlarning kasb mahoratini, 
umumiy ta`lim mahoratini umumiy ta`lim va madaniy darajasini muntazam
uyishtirib borishiga g’amxo`rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda 
va maktabgacha talim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va 
o`z vaqtida joydan-joyga ko`chirib turilishini ta`minlaydi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida kadrlar rezervi shakllantirilib, ular bilan doimiy 
ish olib boriladi. 
Mudira maktabgacha ta`lim muassasasining butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u
maktabgacha 
ta`lim muassasasini obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish 
ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo’yicha xarajatlarini to`gri taqsimlash, 
muassasasini oziq - ovqat moddalari bilan ta`minlash rejimini to`g’ri tashkil etish 
rejasida maktabgacha ta`lim muassasasini bolalar bilan to`ldirish, ta`lim-tarbiya 
dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, taomnoma 
sifatini vitaminga boy bo`lgan moddalar bilan ta`minlashi (kamida haftada 2 marta) 
xamirli ovqatlari (bulochka, pechenye). Pedagogik va xizmat ko`rsatuvchi 
xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularni malakasini oshirish ishlari 
bo`yicha bosh rahbardir. 
Mudira bolalar hayotini saqlash muhofaza qilishi uchun bolalar muassasasida 
to`g’ri rejalari, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigienik qoidalarning 
bajarilishiga, tadbirlar o`tkazadi. Qishga oziq-ovqat mahsulotlarini jamlaydi. 
Vitaminga boy bo`lgan mevali o`simliklarni o`stiradi. 
Maktabgacha 
ta`lim 
muassasasi xodimlari o`z vaqtida oylik maosh bilan ta`minlanadi. 
Mehnatga ishchilarning intizomiga qat`iy rioya qiladi. Ish yuritish qattiq nazorat 
qilinadi. Katta xodimlar bilan o`z vaqtida ta`minlaydi. Aktiv xodimlarni 
rag’batlantiradi. Mudira maktabgacha ta`lim muassasasida o`tkaziladigan joriy 



kapital remontga bosh rahbardir. Zavxoz, kladovshik, kir yuvuvchi, kastilyansha, 
bog’bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, shafyor bilan yakkama - 
yakka suhbat o`tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etiladi. 
Mudiraning tashkiliy - pedagogik ishlarini rahbarligi. Tashkliy - pedagogik 
jarayonlarga quyidagilar kiradi. 1). Bayram ertaklarini o`tkazish va rahbarlik qilish. 
2). Ochik tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq 
tadbirlar va 
pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va taxlil qilish. 
Masalan, ochiq mashg’uloti, sayrlarni kuzatish. 
3) Xalq ta`limi bo`limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va 
bolalarni ko`rik-kurslarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, sanat bayrami, sport 
bayramlarini o`tkazish. 
Mudiraning ta`lim-tarbiyaviy jarayonlariga rahbarligi quyidagilar: 
a) 
har bir guruhdagi ta`lim- tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va taxlil 
qilish, tarbiyachining ish xujjatlarini o`rganish va taxlil qilish guruhning ta`lim- 
tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o`tkazilgan ishlarning xisobotidir. 
b) 
guruhning jixozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni 
takomillashib boradi. 
Mudira kvartalda birinchi Mart kuni umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. 
Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira 1 
haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba`zi bir 
muammo kamchiliklar bilan bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi. 
Mudiraning jamoatchilik va mahalla komissiasi bilan ish metodlari quyidagi 
tarzida amalga oshiriladi: 
1. 
Ota-onalar va jamoatchilik uchun konferensiyalar. 
2. 
Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq 
ta`limi bo`limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar 
Universitetning asosiy maqsadi:Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar 
tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat. 
Mudira tashkiliy tegishli maktab bilan aloqa o`rnatib 1 yilga mo`ljallangan reja 
asosida ish ko`radi. 1- yilga mo`ljallangan reja asosida maktabgacha ta’lim 
muassasasi vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar choralar, 
bolani maktab ta`limiga tayyorlash, lotin alifbosi o`qish yozish, mukammal 
o`rganish. Bunda Mudira va maktab direktorining vazifalari belgilanadi. 
a) ma`muriy xo’jalik faoliyat – bunda reja kontingenti bo`yicha bolalarni 
joylashtirish, maktabgacha ta`lim muassasasi dasturining maktabgacha ta`lim 
tizimiga belgilangan xarajatlarni o`z vaqtida joy – joyiga qo`yib ishlatishni tashkil 
etish, bolalarni ovqatlantirishini to`g’ri tashkil etish, yozgi sog’lomlashtirish 
sezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to`g’ri joylashtirish va ishlash 
malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat. 
Mudira maktabgacha ta`lim muassasasiga kerakli texnikaviy va xo`jalik 
materiallari bilan muntazam ravishda ta`minlab turish, binoni jihozlash bilan 
(qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o`z vaqtida remont qilish va 
o`quv-ko`rgazmali qurollari bilan to`ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun 
dastur – metodik xujjatlarda tavsiya etilgan ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, 
mehnatni estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik 
adabiyotlar bilan ta`minlash, bolalar maydonchasi va uchastkasini to`g’ri rejali 



jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash stajiga qarab, 
xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, vrach bilan birgalikda 
meditsina ishlarini nazorat va bolalarni sistemali medisina ko’rigidan o’tkazish 
ishlari kiradi. 
Moliyaviy-xo’jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy ma`naviy-ruhiy muhit 
yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi 
maktabgacha ta`lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma`muriyatini ularning 
kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvga chek qo`yuvchi zarur 
choralar ko`radi; maktabgacha ta`lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma`muriy-
buyruqbozlik urinishlariga uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek 
qo`yadi; shu masalalar bo`yicha tegishli organlarga murojat qiladi. 
Mudira ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta`lim muassasasi nomidan harakat qiladi, 
barcha shuhrat va jamoat korxonalari, muassasalar va tashkilotlarida uning 
manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; shartnomalar tuzadi, ishonch 
qog’ozlarini beradi, banklarda xisob va boshqa schotlarini ochadi; maktabgacha 
ta`lim muassasasi uchun zarur bo`lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni 
xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, suhbatlardan va ayrim shaxslardan naqd 
pulga yoki pul o`tkazish yo`li bilan ijaraga olish va buyurtma berish xuquqiga ega. 
Mudira maktabgacha ta`lim muassasasi xuquqi doirasida buyruq chiqaradi, 
ko`rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar maktabgacha ta`lim muassasasining 
barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta medodist 
xamshirasi, xo`jalik mudirining o`z xuquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari 
barcha xodimlar uchun majburiydir. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: 
Ma`muriy guruh (mudir, tarbiyachi-metodist, xo’jalik mudiri, katta meditsina 
hamshirasi), pedagogika, meditsina, xizmat ko’rsatish tarmoqlari hodimlari. 
Maktabgacha tarbiya muassasasi ma`muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli 
moddiy resurslarni berkitadi. Mudira mehnat jamoasi vakolatini amalga 
oshirishning asosiy shakli umumiy yig’ilishidir. 
Maktabgacha ta`lim muassasasining Ustavini ko`rib chiqadi va qabul qiladi; 
maktabgacha ta`lim muassasasi kengashini tuzish zarurligini aniqlaydi, kengash 
tarkibini va uning raisini saylaydi; 
yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida 
ma`muriyat xisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko`rsatish mehnatining 
samaradorligini oshirish yo’llarini belgilaydi; 
Jamoa shartnomasini muxokama qiladi va kasaga uyushmasi qo`mitasiga taqdim 
etadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə