“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”


MTT rahbari: tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog va



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153782
1   2   3   4   5   6   7   8
3.MTT rahbari: tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog va 
unga qo'yilgan talablar. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi
roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasining
tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim 
yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal 
etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy,
pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun
zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga
qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi.
Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul 
qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni 
amalga oshiradi. Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l
ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. 
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda
qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining
muassislari bo'lishi mumkin. 
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar 
maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim
bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil 
muddatga tuziladi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka
talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 
belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta'lim 
muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; 
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'lim- tarbiya jarayonining 
samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;davlat maktabgacha ta'lim muassasasi
nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini 
ifodalaydi; 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar 
doirasida tasarruf etadi; 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat 
shartnomalarini bekor qiladi; 


37 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma'naviy
rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi; 
o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish,
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni
ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim 
muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) 
bo'limiga kiritadi; 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-
metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil 
etadi; 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob 
beradi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini
takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish
maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini 
saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim 
muassasasi ustavida belgilanadi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimining malaka tavsiflari 
Lavozim vazifalari: 
a) maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish; 
b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy
ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish; 
v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan 
foydalanish; 
g) bolalarni boshlang'ich sinfda o'qitishga tayyorlash bo'yicha davlat talablariga
muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish; 
d) bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga 
muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash; 
e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari 
bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish; 
j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in
xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash; 
z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, 
i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish 
tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini amalga oshirish; 


38 
y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlashni ta'minlash; 
k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) qo'yishni ta'minlash,
ularning ishlashi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish; 
1) byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga 
ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan 
xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat 
yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli 
yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish 
yuritish; 
m) ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha ta’lim muassasasi
shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini 
bajarish; 
n) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan 
sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish. 
Bilishi lozim: 
a) O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida'gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi to'g'risida"gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'’gi 
qonunlarini; 
b) maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining 
mazmunini; 
v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 
chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; 
g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar 
konsepsiyasini; 
d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni 
o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini; 
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va
tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini; 
j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, ta’lim muassasasa
faoliyatiga qo'yilgan sanitariya- gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong'in xavfsizligi qoidalarini. 
Malaka talablari: 
a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki
kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni
tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik; 
b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; 
v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji. Jamoadagi to'g'ri, o'zaro munosabatlar har 


39 
bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi. 
Rahbarlik mavqeyi mudira o'z g'oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy, huquqiy 
saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik
bilimlarni bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta
egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida turgan vazifalarni 
bilishga, o'z bilimlaridan amaliy faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U 
dastur, metodik instruktiv, me'yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal
qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yutuq va 
kamchiliklar ini darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Maktabgacha ta'limni boshqarish
organlari tomonidan oliy ma'lumotga va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish
stajiga ega bo'lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasida 
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, 
maktabgacha ta'lim muassasasi kengashining faollari ishtirokida ma'muriyat 
amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb
mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini
muntazam o'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga
olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfatlaridan kelib chiqib, ularni 
ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan 
doimiy ish olib boriladi. 
Mudira - ma'naviy, siyosiy huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong ma'rifatchilik,
madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik,
vijdonlilik, tanqidga chidamli bo'lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko'ra
olish kabi xususiyatlar mavjud bo'lishi kerak. 
Demokratik rahbar 
Bunday turdagi rahbar: 
- boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi; 
- ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi; 
- ularning bildirgan fikriga quloq soladi; 
- ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi; 
- barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo'Iadi, ustunligini 
bildirmaydi; 
- buyruq berish yo'li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi; 
- buyruq rahbarlik uslubi bo'ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy
faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o'rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi. 
Avtoritar rahbar 
Bunday turdagi rahbar: 


40 
- buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki 
rag'batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi; 
- o'zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo'lishini 
chegaralab qo'yadi; 
- o'zining noo'rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi; 
o'ziga bo'ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi 
ko'radi; 
- muttasil buyruq berishga, hammani o'z istaklariga so'zsiz bo'ysundirishga intiiadi; 
- ko'p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo'ysunuvchilari bilan muomalada bo'lganda 
uning rahbarlik g'ururi balandligi, o'zini katta tutishi sezilib turadi; 
- o'ziga bo'ysunuvchilar oldida qovog'i solingan kayfiyatda bo'ladi. 
Xullas, avtoritar rahbar o'ziga bino qo'ygan, dimog'dor, o'z qobiliyati va
imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o'tkazishga intiladigan 
kishilardan yetishib chiqadi. 
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o'sha yerda dag'allik, takabburlik, 
tayziq o'tkazish, majbur qilish kabi o'ta salbiy holatlar avj oladi. 
Biroq avtoritar boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo'lmaydi. Ba'zi bir
hollarda bo'ysunuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtoritar 
uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin 
Libera! rahbar 
Bunday turdagi rahbar; 
- idorasiz, tashabbussiz bo'ladi; 
- o'z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi; 
- ishni o'z holiga tashlab ko'yadi; 
- idoraga nisbatan qat'iy bo'lishdan hayiqadi; 
- o'zini haddan tashqari ehtiyot qiladi; 
- biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi; 
- talabchan emas, sust nazorat qiladi; 
- suiiste'mollarga bevosita yo'l qo'ymasa ham o'zini bilmaslikka soladi; 
Bunday rahbar tashqaridan ko'rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko'zga 
tashlanib turadi. Har bir rahbar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim: 
Ma'naviy yetuklik darajasi 
boadablik 
iltifotlilik 


41 
Rahbarga mos ma'naviy-ruhiy xislatlar 
jo‘shqinlik sabotlilik
barqarorlik 
Rahbarga xos tadbirkorlik xislatlari 
mas’uliyatlilik 
serharakatlilik 
tirishqoqlik 
tadbirkorlik 
insoflilik 
halollik 
aniqlik tejamkorlik 
malakalilik 
epchillik 
tavakkalchilik 
ta’masizlik 
barkamollik 
Siyosiy-huquqiy va ma'naviy-marifiy jihatdan: 
- Siyosiy va huquqiy yetuklik; 
- Bilimdonlik; 
- Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik; 
- Topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; 
- Shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga bo'ysundirish-
ga qodirlik; 
- Kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo'lish; 
- Tashabbus va ilg'orlikni qo'llab-quvvatlash qobiliyati; 
- Tamoyillik; 
- Tanqidga chidamli bo'lish, o'z-o'ziga tanqid qila bilish; 
- Intizom va mehnatga bo'lgan munosabati; 
- Mehnatsevarlik; 
- Jamoa o'rtasida intizomni yo'lga qo'ya bilish; 
- Atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish; 


42 
- Ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar 
xodimlar jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi. 
Bilim darajasi 
Iqtisodiyotni bilishi; 
Texnika va texnologiyani bilishi; 
Boshqarish ilmini, funksiyalari va tuzilishini bilish; 
Istiqbolni bilimga qodirligi va hokazo. 
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo'lishi, uni doimo to'ldirib va yangilab
borish kerak. Aks holda u obro' qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga 
sazovor bo'la olmaydi. 
Tashkilotchilik qobiliyati 
Xodimlarni tanlay bilish va ular dan samarali foydalanishni ta'minlay olishligi; 
Qo'l ostidagilarni mehnatga o'rgatish va tarbiyalashni bilish; 
Jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; 
Maqsad sari intiluvchanlik; 
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo'qotmaslik. 
Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish. 
Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; 
Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; 
Ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyishlar yoza bilish; 
Turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; 
Rahbarlarni va qo'l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati; 
Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati; 
Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini 
ta'minlash qobiliyati; 
Boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta'minlay bilish; 
Boshqarish tuzilishini takomillashtirib berish qobiliyati va hokazo. 
Rahbarning madaniy saviyasi ko'rsatkichlari: 
- so'z bilan ishning birligi; 
- o'z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o'stirish ustida 
qayg'urish; 
- oqilona turmush tarzi, jismoniy sog'lomligini saqlash; 


43 
- o'z-o'zini tanqid asosida o'z kamchiliklarini bo'yniga olmoq; 
- o'zini intizomga bo'ysundirish; 
- o'z malakasini oshirishga bo'lgan intilish va uning uddasidan chiqa olish; 
- harakatning maqsadga qaratilganligi va qat'iyligi; 
- o'ziga va mehnat faoliyatiga bo'lgan talabchanlik; 
- axloqning quyidagi alifbolariga qat'iy rioya qilish:
Rahbarning axloqiy xislatlari 
- kamtarinlik 
- haqgo'ylik 
- halollik 
- o'zini tuta bilishlik 
- oddiylik 
- to'g'rilik, vijdonlik 
- insoflilik 
- mehr-oqibat
- saxovat 
Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi: 
- kishilarga e'tibor va hurmat; 
- kishilarga xayrixoh va iltifotli bo'lish; 
- olijanoblik va beg'arazlik, 
- xolislik
- insoning qadr-qimmatiga yetish kabilar. 
Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish. 
- Odamlarga ishonch, kishilarning o'z kuchiga, qobiliyatiga bo'lgan ishonchini
qo'llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga 
yo'naltirishni bilish; 
- Yuqori nutq madaniyatigi ega bo'lish va tashqi ko'rinishdagi ozodaligi; 
- Salbiy fazilatlargi ega bo'lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz 
kishilarga, shu jumladan, qavm-qarindosh va yaqin-tanish, bilishlarga nisbatan 
toqati yo'q. 
O'zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga
rioya qilish: 


44 
- xushmuomala; 
- sipolik; 
- kamsuqumlik; 
- andishali; 
- vazminlik. 
Mehnat va do'stlikdagi sherikchilikda: 
- o'zaro yordam va quvvatlash; 
- hozirjavoblik va majburiylik, so'zsiz bajarishlik; 
- tamoyillik ishonch; 
- talabchanlik. 
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi: 
- Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik; 
- Jamiyat baxt-saodati yo'lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko'paytirish 
haqida g'amxo'rlik qilish; 
- Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat'iy rioya qilish; 
- Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini 
buzilishlariga nisbatan shafqatsiz bo'lish; 
- Huquqiy, moddiy va ma'naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish; 
- Ko'p fikrlilikka ochiqko'ngillik bo'lish va uni hurmat qilish.
Har qanday holatda ham qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan qat'iy nazar o'zining 
asosiy majburiyati, ya'ni qo'l ostidagilarni mazkur talablar negizida ish olib 
borishni unutmasligi kerak.
Mudira faoliyatining mazmuni: 
a) mudiraning ma'muriy xo'jalik ishlari. 
Mudira maktabgacha ta'lim muassasalarning butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u 
obodonlashtir ish, ko'kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta
bo'yicha xarajatlarni to'g'ri taqsimlash, muassasasini boy oziq-ovqat moddalari 
bilan ta'minlash, kun tartibini to'g'ri tashkil etish, reja bo'yicha maktabgacha ta'lim
muassasalarni bolalar bilan to'ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi
uchun javobgar, yozgi sog'lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga
boy bo'lgan moddalar bilan ta'minlashi (kamida haftada 2 marta], xamir ovqatlari
(bulochka, pechene], pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi, 
ishga nisbatan munosabati, ularning malakasini oshirish ishlari bo'yicha bosh 
rahbardir. 
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilishi uchun maktabgacha ta'lim


45 
muassasasida to'g'ri kun tartibi jarayonlari, lozim-sharoit yaratadi. Sanitariya
va gigiyenik qoidalarningbajarilishiga, yong'inga qarshi tadbirlar o'tkazadi.
Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g'amlaydi. Vitaminga boy bo'lgan
mevali o'simliklarni o'stiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlari o'z
vaqtida oylik maosh bilan ta'minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qat'iy
rioya qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi.
Bo'sh guruhlarni xodimlar bilan o'z vaqtida ta'minlaydi. Faol xodimlarni
rag'batlantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarda o'tkaziladigan joriy, kapital
ta'mirlashga bosh rahbardir. Moliyaviy-xo'jalik ishlari bo'yicha javobgar shaxs,
oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi, bog'bon, duradgor,
farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, haydovchi bilan yakkama-yakka suhbat
o'tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etadi. 
Mudira muassasani kerakli texnikaviy va xo'jalik materiallari bilan muntazam 
ravishda ta'minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar)
jihozlash, binoni o'z vaqtida ta'mirlash va o'quv-ko'rgazmali qurollari bilan 
to'ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik hujjatlarda tavsiya
etilgan. Ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash
maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlash, 
bolalar maydonchasini to'g'ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni 
bolalar bilan ishlash tajribasiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini 
hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy yordam ishlarini nazorati va 
bolalarni tizimli tibbiy yordam ko'rigidan o'tkazish ishlari kiradi. 
Moliyaviy-xo'jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, ma'naviy-ruhiy muhit 
yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir. 
b) tashkiliy pedagogik ishlarga rahbarligi. 
Mudiraning tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarligi. 
Tashkiliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi: 
1) Bayram ertaklarini o'tkazish va rahbarlik qilish. 
2) Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik 
jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish (masalan, ochiq mashg'uloti 
sayrlarni kuzatish). 
3) Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida
tarbiyachi va bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, san'at va
sport bayramlarini o'tkazish. 
v) ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik.Mudiraning ta'lim-tarbiyaviy
jarayonlarga rahbarligi quyidagilar: 
a) har bir guruhdagi ta'lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil
qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o'rganish va tahlil qilish, guruhning ta'lim-
tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o'tkazilgan ishlarning hisobotidir. 


46 
Mudira ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar qo'mitaning raisi
olib boradi yoki yordam beradi. Mudira haftada 2 marta ota-onalarni qabul
qiladi, Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo, kamchiliklar bilan birga 
bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi. 
Mudira tomonidan ta'lim-tarbiya ishlarini kuzatish, nazorat qilish usul va 
uslublari. 
"Ilk qadam" Dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasining 
quyidagi vazifalari belgilandi: 
a) mehnat faoliyati zaminlarini tarbiyalash; 
b) mehnat malakalarini shakllantirish 
v) bolalar mehnat faoliyati mazmunini asta-sekin kengay tira borib, ularni 
takomillashtirish; 
g) shaxsning muhim sifatlari: mehnatga intilish odatini, mas'uliyat, g'amxo'rlik, 
tejamkorlik, mehnatsevarlik, mehnatda qatnashishga tayyorgarlik, qat'iylikni
zarurat tug'ilganda mehnatga qo'shila bilshni tarbiyalash; 
d) topshiriqni bajarishning boshlanishi va pirovard natija o'rtasida bog'liqlikni
aniqlashni o'rgatish, mehnatning ahamiyatni tushuntirish, mehnat natijalariga 
tejamkorlik bilan yondashishni tarbiyalash; 
e) topshiriqlarga mas'uliyatli munosabat, ishni oxirigacha yetkazish ko'nikmasi
ishtiyoqi, uni sifatli bajarishga intilish asosiarini shakllantirish; 
j) mehnat madaniyatini tarkib toptirish; o'zining ishini va umumishni
rejalashtirish va uyushtirishning elementar malakalarini, uning izchilligini
taqsimlash, ish uchun kerakli hamma narsani hozirlash, jihozlardan to'g'ri
foydalanish, mehnat jarayoni tugagach, hamma narsani joy-joyida olib borib, 
qiyin malakalarni tayyorlash. 
z) o'z harakatlarini o'rtoqlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, yordam
zarurligini ko'ra bilish, yordamni o'z tashabbusi bilan ko'rsatishni o'rgatish. 
Bolalarning mehnat faoliyatlari turli yosh guruhlarda tegishli shakllar 
yordamida amalga oshiriladi. 


47 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə