“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153782
1   2   3   4   5   6   7   8
X U L O S A 
Xulosa qilib aytish mumkinki, MTTga mamuriy rahbarlik qilish va ularni 
boshqarishda samaradorlikka erishish muhim masalalardan biri hisoblanad. Shu 
boisdan har bir tashkilotda boshqarish muammosi bor. Bu muammolarni hal etish 
uchun zamonaviy yetakchi kadrlarga bo‘lgan talablar ham bugungi kuda yo‘q 
emas. Yosh yetakchi rahbarlarni izlab topish va ularni rag‘batlantirib borish 
bugungi kun talabi hisoblanadi. 
Mamlakatning umumiy taraqqiyoti individual komillikning yig‘indisi, ko‘rinishi 
sifatida namoyon bo‘ladi. Xalqimiz mentalitetiga xos bo‘lgan ana shu o‘ziga 
xoslik, ya'ni jamoaga qarab fikrlash, qaror qilishdan iborat mazkur tamoyildan 
kelib chiqib, yoshlarda boshqaruvchilik qobiliyatini shakllantirish va boshqaruv 
mahoratini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. 
MTT sohasimi, yoki boshqa tashkilotning rahbari har qanday yoshda ham kuchli, 
yengilmas va irodali shaxs bo‘lishi kerak. Biroq, yosh yetakchilar o‘zlariga 
yuklangan barcha mas'uliyatni tushunmaydilar. Ma'lumki, yosh yetakchilar 
o‘zlariga juda ham ishongan bo‘ladilar. Biroq, ularda tajriba yetarli bo‘lmaydi. 
Katta yoshdagi yetakchi yetarlicha tajribaga ega bo‘lgani bois o‘zi va jamoani 
boshqarishni, qayerda va qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Ammo yosh 
yetakchi boshqalardan o‘rganadi, o‘z maqsadiga qanday erishishni tasavvur eta 
oladi. 
Maktabgacha sohasini rivojlantirishda ijtimoiy boshqaruv mexanizmalarini tahlil 
etishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg‘otish, amaliy 
tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini 
va bozor ko‘nikmalarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining 
xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, ijtimoiy, tashkiliy-texnik 
faoliyatining turli sohalarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab 


51 
chiquvchilar bo‘lib yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish va ijtimoiy 
sohada har xil tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi. Shu 
boisdan boshqaruv san’atini o‘rganishni keng yo‘lga qo‘yish davr talabi 
hisoblanadi. 


52 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə