O„YINNING TAVSIFI.
Tarbiyachi signal berishi bilan birinchi o‗yinchilar start chizig‗ida
turib
to‗pni kelishib olingan usulda (ikki qo‗llab pastdan,boshlari ustidan oshirib, o‗ng
chap qo‗l bilan) iloji boricha uzoqroq otadilar.
Ikkinchi nomerli o‗yinchilar esa to‗plarni tushgan joyidan otadilar. O‗yin shu
zaylda davom etadi. Umumiy hisobda to‗pni eng uzoqqa otgan komanda g‗olib
hisoblanadi.
O„YINNING QOIDALARI
.
1.O‗yinni keng, ochiq maydonda o‗tkazish ma‘qul.
2.Har bir komandaga bittadan hokkey bo‗lishi va to‗pning tushgan joyini
aniqlashi kerak.
3. O‗yinda hamma usuldan foydalanish mumkin.
PEDAGOGIK AHAMIYATI.
O‗yin to‗pni pastdan oshirib otish va
ilib olish malakalarini
takomillashtirishga yordam beradi.O‗yinda o‗yin qatnashchilaridan diqqat,
kuzatuvchanlikni, harakat reyaksiyasini tezligini harakat k00rdinatstiyasini
tezligini talab qiladi! Har hil usulda otish qo‗l mushaklarini rivojlantirishga
yordam beradi.
DOIRADAN SURIB CHLQARISH.
O„yinga tayorlash.
O‗ynovchilar bar-baravar ikki komandaga bo‗linadilar.
Komandalar bir-biriga yuzma-yuz saflanib turadi.
Komandalar o‗rtasida Yerga 1.5-2 metrli 6-8 ta aylana chiziladi.
Aylanalarning har biriga ikkala komandaning bittadan vakili tushuriladi.
Aylanalar ichidagi o‗yinchilarga bittadan gimnaztika tayoqchasi beriladi. Ikkala
o‗yinchi tayoqchani bir uchini o‗yin shartiga qarab o‗ng yoki chap tirsagi bilan
kisib mahkam ushlab turadi.Har bir aylana yonida bittadan hakam turadi.
Dostları ilə paylaş: