Maktabgacha va maktab



Yüklə 39,33 Kb.
səhifə1/7
tarix16.09.2023
ölçüsü39,33 Kb.
#122084
  1   2   3   4   5   6   7
Namunaviy odob ahloq 31.08.2023 282-б





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I


Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 2-avgustdagi 17-1505-sonli va 2023-yil 24-iyuldagi 17-1439-sonli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:



  1. Quyidagilar:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan barcha ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog va texnik xodimlarni tanishtirish varaqasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (A.Kamalov)ga:

barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar)ga izchil amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, zamon talablari asosida Qoidalarni takomillashtirib, zarur holatlarda unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari:

bir hafta muddatda Qoidalarni tizimdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yetkazsin;
Qoidalarda ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat va Kuzatuv kengashlari a’zolari bilan muassasaning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini nazoratga olsin;
Qoidalarning maqsad va vazifalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasaning barcha ta’lim oluvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog va texnik xodimlarni maktab rahbariyati tomonidan tanishtirilishini

IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385
hamda Qoidalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasasi binosining ichki kirish (foye) qismiga alohida stend shaklida joylashtirilishini ta’minlasin.

  1. Axborot xizmati (D.Sobirova) mazkur buyruq bilan tasdiqlanayotgan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalarini vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritsin.

  2. Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq Qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  3. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari D.Kenjayev zimmasiga yuklatilsin.




Yüklə 39,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə