Maktabgacha va maktab


Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 39,33 Kb.
səhifə4/7
tarix16.09.2023
ölçüsü39,33 Kb.
#122084
1   2   3   4   5   6   7
Namunaviy odob ahloq 31.08.2023 282-б

Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar:


oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
oʻquvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;
oʻquvchini ommaviy izza qilmaslik;
chet elga chiqib ketgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oz vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish;
oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;
taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik;
oʻquvchilarga ibrat boʻlib, shaxsiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlish;
taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish;
biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan diniy ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;
mazkur Qoidalarni har haftaning juma kunlarida oʻtkaziladigan “Sinf soati”da oʻquvchilarga keng tushuntirib borish.
  1. Oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar:


    1. taʼlim muassasasining binosi va uning hududida:

dars jadvalida koʻrsatilgan fanlar boʻyicha barcha darsliklar va oʻquv qurollari sigʻadigan oʻquvchi uchun mos boʻlgan sumkadan foydalanish;
taʼlim muassasasiga mashgʻulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, maktab ustavida belgilangan oʻquvchilar libosida kelish;
toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish; taʼlim muassasasining barcha xonalari, zina va yoʻlaklari, shuningdek, sport
va faollar zallarini toza tutish, turli xil chiqindilar tashlamaslik;
chiqindilarni muassasaning binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
taʼlim muassasasining mulki (parta, stol, stul, doska, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va oʻquv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga zarar yetkazmaslik;
oʻzidan kichiklarga nisbatan izzatda boʻlish, kattalarga esa hurmat koʻrsatish;
oʻqituvchilar va taʼlim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish;
taʼlim muassasasi yoʻlaklarida tinchlikni saqlash.

    1. dars mashgʻulotlarida:

tegishli darslik va zarur oʻquv qurollari bilan ishtirok etish;
darslarda oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishlarga chalgʻimaslik;
oʻqituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi boʻlganda qoʻlini koʻtarib ruxsat soʻrash;
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizlik qoidalariga toʻliq amal qilish.

  1. tanaffusda:

oʻz oʻqish joyini toza saqlash va tartibga keltirish; navbatdagi dars boʻladigan sinf xonasiga oʻz vaqtida oʻtish;
fan oʻqituvchisining koʻrsatmasi boʻyicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash.

  1. taʼlim muassasasining oshxonasida:

ovqatlanishdan oldin va keyin qoʻllarini yuvish;
umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish; taomlarni olishda navbatga turish va imkoni boricha ijtimoiy masofani
saqlash;
pedagoglar, oʻzidan kichiklarga va qizlarga hurmat koʻrsatish; ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
ovqat va ichimliklarni oshxonaning oʻzida isteʼmol qilish; ovqatlangandan soʻng idishlarni yigʻishtirib qoʻyish.

  1. taʼlim muassasasining kutubxonasida:

kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada boʻlish; kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish; kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

  1. sport zali (majmuasi)da:

sport zaliga xos boʻlgan kiyim va poyabzalda kirish; sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashgʻulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilish.

  1. Yüklə 39,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə