7-Mavzu: kinematikaga kirish. Nuqta kinematikasi. Tayanch so’zlar va iboralar



Yüklə 175,96 Kb.
səhifə1/9
tarix22.03.2024
ölçüsü175,96 Kb.
#182814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Маъруза. 7 (1)


7-Mavzu: KINEMATIKAGA KIRISH. NUQTA KINEMATIKASI.
Tayanch so’zlar va iboralar: kinematika, harakat, ko’chish, fazo, vaqt, sanoq sistemasi, traektoriya, vektor, koordinata, tabiiy usul. nuqtaning tezligi, nuqtaning o’rtacha tezligi, nuqtaning tezlanishi, nuqtaning o’rtacha tezlanishi, nuqtaning tekis harakati, nuqtaning tekis o’zgaruvchan harakati, urinma tezlanish, normal tezlanish.
Reja:

  1. Kinematikaning asosiy tushunchalari.

  2. Harakat vektor usulda berilganda nuqtaning tezlik va tezlanishi.

  3. Harakat koordinata usulida berilganda nuqtaning tezlik va tezlanishi.

  4. Harakat tabiiy usulda berilganda nuqtaning tezlik va tezlanishi.



  1. Kinematikaning asosiy tushunchalari.

Nazariy mexanikaning kinematika bo’limida moddiy nuqta va absolyut qattiq jismning harakati shu harakatni vujudga keltirgan sabablarga bog’lanmagan holda faqat geometrik nuqtai nazardan o’rganiladi.
Harakat tushunchasi harakatlanuvchi moddiy nuqta (yoki absolyut qattiq jism), vaqt va fazo tushunchalari bilan chambarchas bog’liqdir.
Ko’chish va harakat tushunchalari nazariy mexanikaning asosiy tushunchalari hisoblanadi. Moddiy nuqtaning ma’lum vaqt ichida fazoda biror sanoq sistemasiga nisbatan bir holatdan boshqa holatga ixtiyoriy ravishda o’tishi ko’chish deyiladi.
Nuqtaning boshlang’ich holatdan oxirgi holatga aniq bir usulda vaqtga bog’liq holda o’tishi esa harakat deyiladi.
Klassik mexanikada fazo uch o’lchovli, absolyut qo’zg’almas Evklid fazosi deb qaraladi va undagi barcha o’lchamlar Evklid geometriyasi asosida olib boriladi.
Vaqt ob’yektiv borliqda ro’y beruvchi hodisalarning qancha davom etishini ifodalaydi va u absolyut deb qaraladi. Vaqt barcha sanoq sistemalarida bir xil o’tadi va bir sistemaning ikkinchi sistemaga nisbatan harakatiga bog’liq bo’lmaydi. SI sistemasida sekund vaqt birligi xisoblanadi.
Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda biror sanoq sistemasiga nisbatan holati bilan vaqt orasidagi bog’lanishni ifodalovchi tenglama nuqtaning harakat qonunini ifodalaydi. Agar moddiy nuqtaning biror sanoq sistemasiga nisbatan harakat qonuni berilgan bo’lsa, uning traektoriyasi, tezligi va tezlanishini aniqlash mumkin bo’ladi. Traektoriya deb – moddiy nuqta yoki absolyut qattiq jismning harakatlanishi tufayli tekislik yoki fazoda qoldirgan iziga aytiladi.
Kinematikaning asosiy vazifasi moddiy nuqta va absolyut qattiq jismning harakat qonunlarini o’rganishdan iborat.



  1. Yüklə 175,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə