O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 63,59 Kb.
səhifə1/2
tarix10.04.2023
ölçüsü63,59 Kb.
#104971
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Fizika fakulteti 2-bosqich 2004 guruh talabasi
Choriyeva Shaxnozaning Optika fanidan
“Nur tola optikasi va uning aloqa tizimidagi o’rni”

mavzusida bajargan


KURS ISHI

QABUL QILDI: KASIMOV.
BAJARDI: CHORIYEVA SHAXNOZA .

I.KIRISH. NUR TOLANING YARATILISH TARIXI


II.ASOSIY QISM.
1.NUR TOLANING TUZILISHI
2.OPTIK NUR TOLANING ISHLASH PRINSIPI
3. NUR TOLA OPTIKASINING AHAMIYATI
4. NUR TOLANING ALOQA TIZIMIDAGI O’RNI

III. XULOSA.


IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Ingliz fizigi Jon Tindal 1870 yilda yorug’lik nuri tarqalishini to’la ichki qaytish yordamida boshqarish mumkinligini ko’rsatib berdi. Eksperiment jarayonida ikki gorizontal idishlardagi suv biridan ikkinchisiga parabolik bog’langan shisha naycha orqali o’tadi. Shisha naychaga kiritilgan nur zigzagsimon traektoriya bilan birinchi idishdan ikkichi idishga o’tadi. Shunday qilib ilk bor optik nurtolalarda yorug’lik tarqalishining asosi bo’lgan to’la ichki qaytish orqali ma’lumotlarni uzatish mexanzmi kashf etildi.


O’n yildan so’ng amerikalik olim Aleksandr Graxam Bell (telefon ixtirochisi) optik telegrafga patent oldi. Bu uskunada manbadan chiqqan yorug’lik tovush to’lqinlar ta’sirida tebranuvchi ruporga qotirilgan ko’zguga tushadi va yorug’lik modulyatsiyalanadi. Qabul qiluvchi qurilmada esa selen asosida elektr qarshiligi yorug’lik nuri ta’sirida o’zgaruvchi detektor foydalanilgan.
XX asr boshlarida ilk bor dielektrik nurtolalar, xususan egiluvchan shisha sterjen xususiyatlari eksperimental va nazariy jihatdan o’rganila boshlandi.
XX asr 50 – yillarida Amerikadagi optika kompaniyasida ishlovchi Brayen O’brien va London Imperial Kolleji xodimi Narinder Kapani optik tasvirni uzatuvchi nurtolani ixtiro qilishdi. Ushbu nurtola meditsinada insonni ichki organlarini ko’rish uchun foydalanilib, ilk bor endoskop yaratildi. Shisha o’zakli va shisha qobiqli nurtolani yaratgan Narinder 1956 yilda fanga “Nurtolalar optikasi” atamasini olib kirdi.
1968 – yili ingliz telekommunikatsiya xodimlari Charlz Kao va Charlz Xokxem optik nurtolalardan kommunikatsiya tizimlarida foydalanish mumkinligini isbotlab berdi. Ammo o’sha paytdagi optik nurtolalarning so’nish koeffisienti 50 – 100 dB/km bo’lganligi sababli ulardan uzoq masofali tizimlarni yaratish imkoni yo’q edi. Tajribalar so’nish koeffisienti kattaligini sababi nurtola tarkibidagi har-xil aralashmalarning ko’pligi ekanligini ko’rsatdi.
1970 – yili Corning Glass Works kompaniyasi xodimi birinichi marta so’nish koeffisienti 20 dB/km bo’lgan nurtola yasadilar. Ikki yildan so’ng so’nish koeffisienti 4 dB/km gacha tushirildi. Bugungi kunda eng yaxshi optik nurtolalar 0,2 dB/km so’nish koeffisientiga ega. 70 – yillarda shu bilan bir qatorda yarmo’tkazgichlar fizikasida ham ko’plab yutuqlarga erishildi. Buning natijasida detektorlash, modulyatsiya va optik aloqa sistemalarini elektr qismi uchun zarur bo’lgan jarayonlarni amalga oshirish va uning darajalari bir necha marta oshib bordi.
1974 – yili ALOFT dasturi doirasida A – 7 Amerika harbiy samolyotining barcha kabellari optik nurtoladan yasaldi. Bundan umumiy uzunligi 1260 m, og’irligi 70 kg bo’lgan mis sim o’rniga 12 ta nurtoladan iborat uzunligi 76 m, og’irligi 1,7 kg bo’lgan sistemadan foydalanildi. Har bir kg yuk yuqori qiymatga ega aviyatsiya sanoati uchun bu natija ulkan yutuq edi.


Yüklə 63,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə