7-Mavzu: kinematikaga kirish. Nuqta kinematikasi. Tayanch so’zlar va iboralar



Yüklə 175,96 Kb.
səhifə3/9
tarix22.03.2024
ölçüsü175,96 Kb.
#182814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Маъруза. 7 (1)

3. Tabiiy usul.
Nuqtaning traektoriyasi ma’lum bo’lgan holda nuqta harakatini tabiiy usulda aniqlash qulay bo’ladi.
Nuqtaning   koordinatalar sistemasiga nisbatan trayektoriyasi ma’lum bo’lsin (7.5-rasm).




7.5-rasm

Traektoriyaning biror   nuqtasini sanoq boshi sifatida tanlab, uni qo’zg’almas nuqta deb qaraymiz.


Harakatlanayotgan nuqtaning holati trayektoriya bo’ylab hisoblanadigan  yoy koordinatasi orqali aniqlanadi. Nuqtaning trayektoriyadagi holatini bir qiymatli aniqlash uchun yoy koordinatasining musbat va manfiy yo’nalishlari ko’rsatilishi lozim.
Vaqt o’tishi bilan nuqta harakatlanishi natijasida uning yoy koordinatasi  o’zgarib boradi, u   vaqtning bir qiymatli, uzluksiz va differentsiallanadigan funktsiyasidan iborat bo’ladi:
  (7.6)
Nuqtaning harakatini (7.6) tenglama vositasida aniqlash, uning tabiiy usulda aniqlanishi deyiladi.
Agar   funktsiya ma’lum bo’lsa,   vaqtning har bir payti uchun   ni aniqlab, uni ishorasiga qarab   nuqtadan qo’yamiz. Natijada   nuqtaning berilgan paytdagi holati aniqlanadi.
Shunday qilib,   nuqtaning harakatini tabiiy usulda aniqlash uchun uning trayektoriyasi, sanoq boshi sifatida tanlangan qo’zg’almas   nuqta, yoy koordinatasining hisoblash yo’nalishi va   harakat tenglamasi berilgan bo’lishi kerak.
Nuqtaning   yoy koordinatasi bilan trayektoriya bo’ylab o’tgan yo’li   doimo bir xil bo`lmaydi, Agar   nuqta qo’zg’almas   nuqtadan ma’lum vaqt oralig’ida doimo bir yo’nalishda harakatlansa, yoy koordinatasi bilan o’tilgan yo’l o’zaro teng bo’ladi.
  nuqta qo’zg’almas   nuqtadan harakatlanib   holatga o’tsa va keyin, teskari yo’nalishda harakatlanib,   holatni egallasa, vaqtning bu onida uning yoy koordinatasi   ga teng bo’lib, harakat vaqtida bosib o’tgan yo’li   ga teng bo’ladi (7.5- rasm).
Harakatlanayotgan nuqtaning trayektoriyasi oldindan ma’lum bo’lsa, nuqta harakatini tabiiy usulda aniqlash qulay. Nuqtaning trayrktoriyasi to’g’ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo’ladi. Trayektoriyada qo’zg’almas O nuqtani olib, bu nuqtaga nisbatan yoy koordinatasini o’tkazamiz (7.8-rasm). Harakatlanayotgan M nuqtaning trayektoriyadagi holatini O nuqtadan trayektoriya bo’yicha OM=S yoy koordinatasi bilan aniqlaymiz. O nuqtadan bir tomonga qo’yilgan masofani musbat, ikkinchi tomonga qo’yilgan masofani manfiy deb hisoblaymiz. Vaqtning o’tishi bilan harakatlanayotgan nuqtadan qo’zg’almas O nuqtagacha bo’lgan OM masofa o’zgaradi, ya’ni koordinatasi vaqtning funksiyasidan iborat:
(7.14)
Bu munosabatga nuqtaning tabiiy usuldagi harakat tenglamasi yoki harakat qonuni deyiladi.
Agar funksiya ma’lum bo’lsa, u holda t vaqtning har bir payti uchun OM ni aniqlab, O nuqtadan trayektoriya bo’yicha qo’yamiz. Natijada M nuqtaning berilgan t paytdagi holati aniqlanadi. Shunday qilib, uqtaning harakatini tabiiy uslda aniqlash uchun uning trayektoriyasida O qo’zg’almas nuqta (hisoblash boshi) va yoy koordinatasining hisoblash yo’nalishi hamda harakat tenglamasi bo’lishi kerak. Nuqtaning S yoy koordinatasi bilan trayektoriya ustidan o’tgan OM yo’li doimo bir xil bo’lavermaydi.
Agar M nuqtaningharakati O qo’zg’almas nuqtadan boshlanib vaqt oralig’ida doimo musbat yo’nalishi bo’yicha bo’lsa, t vaqtda nuqtaning yoy koordinatasi bilan vaqt oralig’ida o’tilgan yo’l o’zaro teng.

7.8-rasm
Agar boshlang’ich vaqtda nuqta holatda bo’lip, vaqtdan keyin M holatni egallasa, u holda oralig’ida nuqtaning bir tomonga harakatlanishi natijasida o’tilgan yo’l

formula bilan aniqlanadi.




  1. Yüklə 175,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə