Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda milliy va xorijiy tajribalar



Yüklə 279,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix04.10.2023
ölçüsü279,67 Kb.
#125317
1   2   3   4   5   6   7
1523-Текст статьи-4730-1-10-20221113

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №7)
ISSN 2181-1709 (P)
250
Education and innovative research 2022 y. №7
Buyum va narsalarni umumlashtirish ko‘nikmasini bola dastlab harakat orqali 
o‘zlashtiradi, keyin esa so‘z bilan mustahkamlaydi. Bola buyumlar va ularning 
vazifalarini o‘zlashtirib olgach, turli vaziyatlarda ulardan foydalanishni ham bilib 
oladi. Bola buyumlar va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligini anglay boshlaydi. Ya’ni 
harakat bilan buyumlarni o‘zgarishini tushunadi. Bunday manipulyativ harakatlar 
har qanday o‘yinchoq va buyumlar bilan bolaning o‘ynay olishini ta’minlaydi. 
Rossiyalik olima A.P.Usova bolalarda bilimlar ikki kategoriyada shakllanishini 
asoslaydi “Birinchi kategoriyada bolalar oilaviy sharoit, kattalar bilan kundalik 
muloqotda, o‘yin va kuzatish jarayonida bilimlarni o‘zlashtiradilar; ikkinchi 
kategoriyada bilim va tajribalar ta’lim jarayonida mashg‘ulot va ta’limiy faoliyatda 
o‘zlashtiriladi“[13]. 
M.Davletshin “asosan maktabgacha davrdan boshlab, bolaning mustaqil 
faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya 
ularning murakkab harakatlarni o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va 
mehnat malakalarini shakllantirish, nutqni rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va 
estetik didning dastlabki kurtaklarini hosil qilish davridir” deb maktabgacha yosh 
eng qulay senzitiv davr ekanini asoslaydi [4; 38-b]. 
Bolalarning psixik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil 
etish maktabgacha ta’lim metodikasining muhim tamoyili hisoblanadi. Ushbu 
tamoyilni amaliyotga joriy etishda har bir yosh guruhida kollaborativ hamkorlikni 
tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama tarbiyalashda birgalikdagi harakat 
muhitini yaratish kabi yondashuvlardan samarali foydalanish muhim metodik 
talablar sanaladi.
Portugaliyalik M.E.Ferreira “Bolalarga atrof-muhitga do‘stona munosabat 
asosida ekologik ta’lim berish” mavzusidagi ilmiy ishida amaliy mashqlar orqali 
ekologik tarbiya berish, atrof-muhit ta’limini singdirish muhimligini asoslab bergan 
[14]. Insonning ta’lim olishi, mehnat qilishi, ma’naviy shakllanishida tabiatning 
o‘rni va roli muhim. Mehnat faoliyati tabiat qo‘ynida, ish qurolidan foydalanish 
orqali tashkil etiladi. Bunda inson o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘lida faollik qiladi 
va bajargan ishlaridan ma’naviy ozuqa oladi. Shu va boshqa ehtiyojlar bolalarda 
ham mavjud bo‘lib, ularni turli faoliyat asosida qondirishga harakat qiladi.mazkur 
jarayonda integratsion yondashuvni amalga oshirish zarurligini asoslab bergan. 
Bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda davlat talablarining barcha rivojlanish 
sohalarini uyg‘unlikda amalga oshirishda ntegratsion yondashuv muhim sanaladi.
AQShlik olim R.A.Fisher (The University of Tennessee at Chattanooga) 
“Maktabgacha ta’lim yoshdagi tarbiyalanuvchilarning so‘zlarni anglashi va 
ijodkorligiga atrof-muhit ta’limining ta’siri” mavzusidagi doktorlik ishida bolalar 
so‘z boyligi va nutqining rivojlanishiga atrof-muhitning ta’siri tahlil etilgan [15]. 
Ma’lumki bizni o‘rab turgan atrof olam butun borliq bu tabiat in’omi hisoblanadi. 
Ilk yoshlikdan bolalarni tabiatni asrashga o‘rgatib borish maqsadga muvofiq.
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishga oid 
mamlakatimiz va xorijiy olimlarning metodik va pedagogik g‘oyalaridan atrofdagi 
olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida foydalanish bo‘yicha bir qator tavsiyalarni 
ishlab chiqish va joriy eish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda atrof 
olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini kuzatish, suhbat, mashg‘ulot loyihasi kabi 
usullar qo`llanilishi maqsadga muvofiq. 
Natija va mulohazalar. O‘rganilgan adabiyotlar va kuzatuvlarimizning 
ko‘rsatishicha bolaning maktab ta’limiga mukammal tayyorligiga to‘sqinlik 
qiladigan tashqi va ichki omillarning ta’siri nafaqat jismoniy va ruhiy rivojlanishiga 
ta’sir qiladi, balki u har qanday salbiy ta’sir xoh u jismoniy, xoh ruhiy bo‘lsin, 
avvalo uning umumiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.Pedagogik jarayonni tashkil 
etishda tarbiyachi turli faoliyat yo‘nalishlarida o‘zini namoyon qiladi. Tarbiyachi 
qaysi yo‘nalishda faoliyat olib bormasin, uning markazida bola shaxsi, uning 



Yüklə 279,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə