Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda milliy va xorijiy tajribalar


NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE FACILITATION OF



Yüklə 279,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix04.10.2023
ölçüsü279,67 Kb.
#125317
1   2   3   4   5   6   7
1523-Текст статьи-4730-1-10-20221113

NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE FACILITATION OF 
PRESCHOOL CHILDREN WITH THE WORLD
Khurvalieva Tarmiza Latipovna,
Doctor of Pedagogical Sciences (DSc), Tashkent region Chirchik State 
Pedagogical Institute, Associate Professor of Preschool Education
Teshabayeva Zamira Sobirovna,
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim 
metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Abstract. The article discusses the pedagogical ideas of domestic and foreign 
scientists to familiarize preschool children with the outside world, the NBIC 
technology used to study with the outside world. It is also based on scientific and 
methodological views on familiarizing children with the outside world.
Key words: modernization, image, intellectual, environment, communication, 


Образование и инновационные исследования (2022 год №7)
ISSN 2181-1717 (E)
249
http://interscience.uz
feeling, perception, memory, thinking, plot game, motivation, category, need, 
interest, ability, sensitivity, innovation, environment.
Kirish. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga doir bir 
qancha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Ularda sohada o‘z yechimini 
kutayotgan vazifalar aniq ko‘rsatildi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari bo`yicha qabul qilingan huquqiy hujjarlarda 
“ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha 
ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga 
sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida 
keng qo‘llanadigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish” 
kabi vazifalar belgilangan [1]. Tabiat va jamiyat uyg‘unligi insoniyatning tarixiy 
rivojlanishida muhim mezon hisoblanadi. Biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida 
shaxs makon va zamonda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Bu faoliyat mazmunini 
atrofdagi voqea va tabiatdagi hodisalarning mohiyati, narsa va buyumlarning nomi, 
vazifasi, belgi xususiyatlari hamda ularga munosabatlar tashkil etadi. Maktabgacha 
bolalik davrida bolada atrof olam haqidagi ilk tasavvurlar paydo bo‘ladi, atrofdagi 
voqea va hodisalarning oddiy o‘zaro aloqadorligi qonuniyatini anglash ko‘nikmasi 
shakllanadi. Shuningdek, bola olgan bilimini mustaqil ravishda amaliy faoliyatida 
qo‘llay oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish 
qiziquvchanlikni oshiradi. Bilish qobiliyati hamda “boshlang‘ich ta’lim o‘quvchisi 
imidji” rivojlantiriladi. Ijodiy tasavvur esa, bolada intellektual va shaxsiy sifatlarning 
shakllanishiga turtki bo‘ladi. Sezgi organlari orqali bolalar atrof olamni ko‘radi, his 
qiladi, anglaydi. Atrofni anglashlari natijasida insonning tana a’zolari va ularning 
vazifalari, sog‘lom hayot tarzi haqidagi tushunchalarga ega bo‘ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishdan asosiy maqsad 
maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishga oid mamlakatimiz 
va xorijiy olimlarning pedagogik g‘oyalarini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq 
etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Mavzuga oid izlanishlar tahlili. Atrof olam bilan tanishtirish orqali bolalarda 
bilish jarayoni faollashadi. Sezgi, idrok, xotira va tafakkur rivojlanishida atrof 
olamdagi voqea va hodisalar, narsa va buyumlarning xususiyati muhim omil 
hisoblanadi hamda bolalarning intellektual rivojlanishi uchun zamin yaratadi. 
Tarbiyalanuvchilarning o‘z shaxsiy imkoniyatlarini namoyon etishlari, bilim 
olishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojini qondirishda ota-onaning e’tibori, kattalarning 
shaxsiy namunasi, tarbiyachining bilimi va mahorati alohida o‘rin egallaydi. 
Bolalarga samimiy munosabat, ta’limga zamonaviy yondashuv, xorijiy tajribalarni 
o‘rganish va ularga ko‘ra milliy ta’lim berish usullarini qo‘llash bugungi kunda 
pedagog-tarbiyachilar oldidagi eng muhim asosiy vazifadir.
Psixolog olim R.S.Nemovning fikricha, “Inson barcha bilimlarni turli 
manbalardan olishi mumkin. Inson bolalikda atrofidagi odamlarga duch keladi
ya’ni ota-onasi, qarindoshlari va ularning o‘rnini bosadigan boshqa kishilar bilan 
muloqotda bo‘ladi. Bola kattalar bilan muloqotga kirishar ekan, ularning bolaga 
bildirgan munosabati, fikri ta’sirida nutqni o‘zlashtiradi, unda o‘zini o‘zi baholash 
va o‘ziga ishonch hissi paydo bo‘ladi, shaxsiy tasavvurlar shakllanadi, atrofidagi 
narsa va buyumlar, odamlarni tushunishni o‘rganadi” [11; 13-b]. Natijada, bola 
o‘zining bilish faoliyati hamda irodaviy va boshqa sifatini baholaydi. 
A.S.Simonovich “Bolalarda bir-biri va atrofidagi boshqa odamlarga bo‘lgan 
ijobiy munosabatning rivojlanishiga yordam berish; o‘yinlar orqali borliq va atrof 
olamni tahlil qilish; bolalarda hissiy intellektni amaliy va hayotiy yo‘llar bilan 
rivojlantirish; syujetli o‘yinlar orqali xulosa chiqarish; biror bir voqelikning kelib 
chiqish sababi va oqibatini o‘rgatish; bolalarga maktabda va sinfda o‘zini qanday 
tutish kerakligini o‘rgatish zarur” deb ta’kidlaydi [12].Tengdoshining yutug‘i, 
o‘zining shaxsiy muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligini qiyoslaydi, o‘zini tahlil 
qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Bularning barchasi atrof olamning bolaga ta’siri 
natijasida sodir bo‘ladi.



Yüklə 279,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə