Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda milliy va xorijiy tajribalar



Yüklə 279,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix04.10.2023
ölçüsü279,67 Kb.
#125317
1   2   3   4   5   6   7
1523-Текст статьи-4730-1-10-20221113

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №7)
ISSN 2181-1709 (P)
252
Education and innovative research 2022 y. №7
“NBIC” texnologiyasi bolalarga “qanday?” va “nima uchun?” savollariga javob 
topishlariga imkoniyat yaratadi. Texnologiya quyidagi yo‘nalishlarda bajariladi: 
jonli tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar, tirik organizm sifatida o‘simlik va 
hayvonlar, ularning umumiy belgilari, o‘xshashligi va farqi; vazifasi va ahamiyati, 
ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni o‘rganish;
jonsiz tabiatning (suv, havo, qum, tuproq, tosh, qora yer) xususiyatlari
jismlarning tuzilishi (gazsimon, suyuq, qattiq,), sifati va xususiyati, bir holatdan 
boshqa holatga o‘tishi; suvning tabiatda aylanishi (suv, bug‘, muz, yomg‘ir), jonsiz 
tabiatning jonli tabiatga ta’siri; 
kattalar bilan birga tadqiqotlar (eritish, yaxlatish, bo‘yash, qizdirish va 
qaynatish); ba’zi fizik jarayonlarning ahamiyati; suv, elektr energiyasi va qog‘ozni 
asrash; tabiat hodisalari turli omillarga bog‘liqligini tushuntirish; tabiatdagi 
o‘zgarishlar sababini tushuntirish (qor erishi va muzlashi);
buyumlar va ularning belgilari, tuzilishi, vazifasi, shakli, o‘lchami, rangi, 
xususiyati, nomlanishini o‘rganish; material, uning sifatlari va xususiyatlari (mo‘rt, 
nozik, sinuvchan, o‘zgaruvchan, chidamli, chidamsiz, yumshoq, qattiq, g‘adir-
budur, qalin, ingichka); predmet inson faoliyatining natijasi ekani haqida bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirish va hokazo. 
Atrofdagi borliq bilan tanishish jarayonida bolalar tadqiqotchilik faoliyatini 
mustaqil bajaradi. Tajriba o‘tkazish davomida bolalar hayot xavfsizligi faoliyati 
qoidalari bilan tanishtiriladi. Tajriba natijalari pedagog-tarbiyachi bilan birga 
muhokama qilinadi. Bolalar tajriba o‘tkazish uchun komfort va ijodiy muhit yaratish 
lozim. Guruhda Mini laboratoriya uchun joy ajratiladi, bolalar tajriba o‘tkazadigan 
“olimlar”ga aylanadi, turli mavzularda kuzatish olib boradi, o‘simliklarning 
o‘stirish, tajriba uchun materiallarni saqlash joyi belgilanadi. 
“NBIC” texnologiyasi bolalarning atrof olamni tushunishi, bilimlarni 
o‘zlashtirishiga yordam beradi, tabiat ajoyibotlaridan hayratlanish hissi, atrof 
olam bilan muloqotdan qoniqish hosil qiladi. Bolalar barcha faoliyatni bosqichma-
bosqich ketma-ketlikda amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Asta-sekin 
tadqiqot qilishga kirishadilar, mustaqil ravishda maqsad qo‘yib, rejalashtirib, 
kerakli jihozlarni tanlay oladilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishning metodik 
tizimi shakllantirildi.
Narsa va buyumlarning nomi, belgi, xususiyatini o‘rgatish metodikasi. (“Til 
va nutq”, “Qurilish va konstruksiyalash” markazida Nima? Qanday? Nechta? 
metodlaridan foydalanildi). DTS va 1-sinfning “Atrofimizdagi olam” va boshqa 
fanlar mazmunidagi predmetlar guruhiga oid lug‘at asosida mashg‘ulotlar olib 
borildi (5-ilova).
Voqea-hodisa va ularning sabab-oqibat munosabatlarini o‘rgatish metodikasi 
(“Ilm-fan va tabiat”, Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish” markazida Nima 
uchun? Nega? Keyin nima bo‘ladi? Seriyali rasmlar, Syujetli rasmlar, Kecha 
bugun, ertaga, Rasmga qarab ertak tuzish metodlaridan foydalanildi. Salim nega 
kasal bo‘ldi? Kuzda nima bo‘ladi? Fasllarga oid Kunlar issiydi, Qor eriydi, Gullar 
ochiladi mavzularida rivojlanish markazlarida faoliyatni tashkil etish. 
Predmetlar bilan bog‘liq amaliy mashqlarni bajartirish metodikasi. “Ilm-fan 
va tabiat”, “San’at” markazida bolalar applikatsiya, loy, plastilin, xamirlardan 
predmetlar yasaydi. Bunda bolalar predmetlar (uy-ro‘zg‘or buyumlari, oshxona 
jihozlari, o‘quv qurollari)ni hayotda mustaqil qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmaga ega 
bo‘ladi. 
Topshiriqlarni mustaqil bajarishga o‘rgatish metodikasi.
Rivojlanish markazida va uyda topshiriqlarni mustaqil bajaradi. 
Tarbiyalanuvchilarga atrof olamga oid didaktik topshiriqlar beriladi masalan: 
“Bizning uy”, “Bizning mahalla”, “Kasblar”, “Transport turlari”, “Oshxona va uy 



Yüklə 279,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə