|
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda milliy va xorijiy tajribalar1523-Текст статьи-4730-1-10-20221113 Образование и инновационные исследования (2022 год №7)
ISSN 2181-1717 (E)
251
http://interscience.uz
qiziqishlari va manfaatlari turishi lozim. Bolalarning psixologik beqarorligini
bartaraf qilish uchun tarbiyachi tomonidan samarali innovatsion yondashuvlarni
moslashtirgan holda qo‘llash zarur. Xususan, interfaol usullar pedagogik jarayonda
ishchi, ijodiy muhit yaratish imkonini beradi. Bolalarning jismoniy, ma’naviy,
psixik-emotsional (ruhiy-hissiy) sog‘ligi ta’minlanadi, shaxslararo munosabatlari,
o‘zaro hamkorligi amalga oshadi. O‘quv jarayonida bolalar diqqati beqarorligi
sababli qo‘yilgan maqsadga erishishda to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Mana shu
jarayonda tarbiyachidan pedagogik improvizatsiya va metodlar transformatsiyasini
amalga oshirish talab etiladi. Ba’zida og‘zaki metodlardan foydalanish samara
beradi, tarbiyachi atrof olam haqida Ona Vatan, buyuk siymolar, milliy bayramlar,
kattalar mehnati, transport vositalari, buyumlar, kiyimlar haqida hikoya qiladi,
tushuntirish beradi, suhbatlar o‘tkazadi, badiiy adabiyotlar o‘qib beradi. Ayrim
vaziyatlarda bolalarda tomosha qilish istagi paydo bo‘ladi, bunda esa ko‘rgazmali
metodga o‘tiladi: Vatan, milliy bayramlar, buyuk siymolar, tana a’zolari, gigiena
va sog‘lom bo‘lish haqida videoroliklar namoyish etiladi. Bolalarda atrof olam
haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratiladi ya’ni
atrofdagi borliq, voqea-hodisalar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar maktabgacha
ta’lim jarayonidan tashqari vaqtda ya’ni ijtimoiy jarayon va oilada ota-onalar
tomonidan kutilmagan holatlarda ham beriladi.
Bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlarni
o‘qish muhim sanaladi. “So‘zlasang-unutaman, ko‘rsatsang-eslab qolaman, o‘zim
bajarishimga imkon bersang-tushunaman” tamoyiliga rioya etish maqsadga
muvofiqdir. Agar bolalar eshitib, ko‘rib, tajribani o‘zi mustaqil bajarsa, uni bir umr
esda saqlab qolishi mumkin. Maktabgacha ta’lim jarayonida tajribalarni qo‘llash
imkonini beradigan “NBIC” texnologiyasidan foydalanildi.
Bunda bolalar tajriba yoki tadqiqot o‘tkazib nafaqat yangi ma’lumot olishi,
balki yangicha izlanishlar, kashfiyotlar yaratishiga harakat qilish kerak. Tarbiyachi
bolani bilimlarni o‘zlashtirishga ortiqcha majburlamasligi, “nima uchun” va
“qanday” savollariga o‘zi mustaqil javob izlashi uchun pedagogik sharoit yaratishi
lozim. “Ilm-fan va tabiat” markazida bolalar kichik tadqiqotlar o‘tkazadi.
Tajriba o‘tkazish orqali bolalarning bilish faolligi rivojlanadi, qiziquvchanligi
oshadi, mustaqil fikrlash va tushunishga intilishi kuchayadi. Tabiat haqidagi bilim
va ko‘nikmalari kengayadi, ularni amaliyotda qo‘llab tajribada sinovdan o‘tkazish
orqali tabiat haqidagi tasavvurlari chuqurlashadi. Tajriba o‘tkazish orqali bolalarda
fanlarga oid elementar bilimlar shakllanadi, atrof olam haqidagi tasavvurlari
kengayadi, mustahkamlanadi.
Tajriba vaqtida bolalarda mikroskop, lupa va jihozlardan foydalanish
ko‘nikmalari shakllanadi. Eng muhimi bolalarda aqliy qobiliyat rivojlanadi,
kommunikativlik, mustaqillik, kuzatuvchanlik, o‘zini nazorat qilish va o‘z
harakatlarini boshqarish kompetensiyalari shakllanadi. Bolalarning tadqiqotchilik
faoliyati yo‘nalishlaridan biri bu shaxsiy tajribadir. Bolalar tajribada sinab ko‘rishni
juda yoqtiradilar. Maktabgacha yoshda tajriba metodi yetakchilik qiladi, 5-7 yoshda
bolalar atrof olamni amaliy va tabiiy usulda anglaydilar. Har bir tarbiyalanuvchini
shaxsiy tajribani mustaqil bajarishiga undash lozim. Bola kuzatuvchi emas, balki
tadqiqotchi bo‘lishi uchun sharoit yaratilishi kerak. Tarbiyachining harakatlari
qiziqarsiz bo‘lsa, bola uni kuzatishdan tez charchab qoladi.
Natijada bolalarda bilim olishga bo‘lgan motivatsiya pasaya boshlaydi.
Mashg‘ulotlardagi ishtiroki ham samarasiz bo‘ladi. Tajribalar bolalarning, masalan
taxmin, kutilayotgan natija, vazifalarni yechish yo‘lini izlash, sinab ko‘rish haqidagi
fikr va farazlarni ilgari surishi bilan olib boriladi. Tajriba yordamida bolalar
mustaqil tadqiqot o‘tkazishni o‘rganadi, fikrlaydi, o‘z fikrini himoya qiladi, tajriba
natijalarini umumlashtiradi. Tajriba o‘tkazish bolalarda ekologik madaniyatni
shakllantirishning eng samarali yo‘li bo‘lib, tafakkur, mantiq, ijodkorlik rivojlanadi.
|
|
|