Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning ro'li



Yüklə 290,99 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü290,99 Kb.
#142723
1   2
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning ro\'li

Maktabga tayyorlov guruhi.
7 yoshga qadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda (2 va 3 o‘lchovli) va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola bilishi kerak.
Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg‘un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim.
Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari
Matematikadan mashg‘ulotlar haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi kerak.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi
Мatematika o‘qitishda mashg‘ulotning har xil turidan foydalaniladi. Mashg‘ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg‘ulotlarning materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi
O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni oladi, ularning birinchi qismida 8—10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi qismida (9—12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3—4 daqiqa takrorlatiladi.
Мashg‘ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o‘ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, “Kim qaysi o‘yinchoqlarni sanadi?” “O‘yinchoqlar nechta?” kabi o‘yin-mashqlardan boshlash mumkin.
Маtematika mashg‘ulotlarida, odatda, ko‘p turdagi buyumlar to‘plamidan, ko‘rgazmalardan foydalaniladi. Shu sababli bularni joylashtirish tartibini o‘ylab ko‘rish juda muhim.
Кichik guruhda bolalarga material xususiy quti (konvert)da beriladi. Katta bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda (bitta qutida) berish mumkin. Ko‘p turdagi buyumlardan foydalanganda ularni shunday joylashtirish kerakki, mashg‘ulotni boshlash uchun kerak bo‘ladigan material eng ustida tursin.
Bugun matematika o‘rgatish taqqoslash asosida quriladi. Taqqoslash asosida bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-o‘ngga kabi qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi. Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta qiyinlashtirib borish muhim.
Bir xil narsaning o‘zini ko‘p martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollarni almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni o‘zgartirib turish muhimdir. Shu yo‘l bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini aktivlashtirish, charchashning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Yüklə 290,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə