Malakaviy amaliyot hujjatlari



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə20/31
tarix19.02.2022
ölçüsü5,27 Mb.
#83911
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Amaliyot Hujjatlari Geografiya amaliyot

Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.



Yangi darsni rejasi.
1.Topografik xaritalar. 2. Xaritaga qarab azimutlarni aniqlash.
Yangi darsning bayoni.

Topografik xaritalarda berilgan joyning koordinatalarni aniqlash juda oson. Xaritaning pastki va yuqorigi ramkalari yoniga geografik uzunlik (y) ham darajalarda, ham kilometrlarda yozib qo‘yiladi. Yon ramkalari yoniga esa geografik kenglik (x) xuddi shunday yozib qo‘yiladi. Aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqta kataklar ichida bo‘lsa, u millimetrlarga bo‘lingan chizgich yordamida aniqlab, ramka yonida yozilgan raqamlarga qo‘shiladi.Rasmda ko‘rsatilgan xaritadagi M nuqtaning geografik koordinatasini kilometrlarda aniqlash kerak bo‘lsin. Buning uchun masshtab yordamida katakning janubiy va g‘arbiy yonlaridan M nuqtagacha bo‘lgan masofa necha metr ekanligi topiladi. Hosil bo‘lgan raqam tegishli kilometrli chiziqlarning ramka chekkasida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘shiladi. Bunda M nuqtaning koordinatalari x=19650, y = 65200 qiymatga ega bo‘ladi. Bu M nuqtaning 19-65 - katakda joylashganini va katakning 19 - raqmli vertikal yonidan 200 m masofada ekanini bildiradi.Topografik xaritalardan yonbagirlarning qiyaligi xaritaning pastki ramkasi ostida berilgan balandliklar shkalasi yordamida aniqlanadi. Shu shkala tagida yozib qo‘yilgan raqamlar yonbagirlarning necha daraja qiya ekanini bildiradi. Vertikal chiziqlar bo‘ylab qo‘shni gorizontallar orasidagi masofa xarita masshtabiga muvofiq yozib qo‘yilgan.Yonbagirning qiyaligi necha gradus ekanligi xaritadagi ikki qo‘shni gorizontal oraligini sirkul bilan o‘lchab, so‘ngra balandliklar shkalasiga qo‘yish bilan aniqlanadi. Xaritaga qarab azimutlarni aniqlash. Atrofi ochiq joydagi buyumlar ko‘rinib turadigan yerlarda topografik xaritaga qarab tomonlarni aniqlash mumkin. Lekin o‘rmonlarda, deyarli bir xil manzarali dasht, cho‘llarda ufq tomonlarni aniqlash, binobarin, bosib o‘tilgan yo‘llarni, borish kerak bo‘lgan yo‘nalishlarni xaritaga aniq tushirish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda xarita bilan birga, kompasdan foydalaniladi. Kompas strelkasi magnit meridiani holatini ko‘rsatadi. Xaritada esa yo‘nalishlar geografik (haqiqiy) meridianga nisbatan belgilanishi kerak.Xaritada berilgan nuqta azimutini aniqlash va uni belgilash kerak deylik. Azimut shimolga yonalish chizigi bilan berilgan nuqtaga yo‘nalish chizig‘i orasidagi burchak ekanini siz yaxshi bilasiz. Lekin azimutni aniqlash uchun haqiqiy meridian bilan magnit meridiani bilan magnit meridiani orasidagi burchakni, ya’ni magnit ogish burchagini aniq bilish kerak. Magnit og‘ish burchagi topografik xaritalar pastki ramkasi ostida chap tomonga yozilgan bo‘ladi. Magnit og‘ish burchagi g‘arbiy og‘ish burchagi va sharqiy og‘ish burchagi bo‘lishi mumkin. Agar sharqiy og‘ish burchak bo‘lsa, uning qiymati magnit meridioaniga qo‘shilsa, haqiqiy meridian o‘rni aniqlanadi.




Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə