Malakaviy amaliyot hujjatlari



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə2/31
tarix19.02.2022
ölçüsü5,27 Mb.
#83911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Amaliyot Hujjatlari Geografiya amaliyot

Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.



3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
1. Geografiya faninng rivojlanishi. 2. Geografiya faninng vazifalari.

Yangi darsning bayoni.
O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasi o‘zining tabiiy sharoiti, tabiiy - geografik xususiyatlariga ega bo‘lgan, boshqa o‘lkalardan tabiiy chegaralari bilan ajralib turadigan yirik tabiiy - geografik kompleksdir.Bu o‘lkada  turkiy xalqlar (o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar) dan tashqari tojiklar, ruslar, koreyslar va boshqa xalqlar ham yashaydi.O‘rta Osiyo yer yuzasining tuzilishiga ko‘ra uch qismga bo‘lingan. O‘lkaning g‘arbiy qismi cho‘llar egallagan keng past tekisliklar, shimoliy qismi cho‘l, chalacho‘l va dashtlardan iborat qir va tekisliklar, sharqiy va janubiy qismlarida osmono‘par baland tog‘lardan iborat.O‘rta Osiyo - Yevrosiyo materigining deyarli qoq o‘rtasida joylashgan juda katta berk havzali o‘lka. Iqlimi quruq va kontinental iqlim. Qishi ancha sovuq. Shimoli-sharqiy qismida - 50oC sovuq kuzatilgan. Yozi esa juda issiq. Termizda harorat +50oC ga ,Qoraqumda +54oC ga yetgani kuzatilgan. Suvsiz cho‘llar minglab kilomertga cho‘zilgan. Shu bilan birga, sharqdagi tog‘larda juda katta maydonlarni abadiy qor va muzliklar qoplab yotadi. O‘lkada tabiat shimolda yaylov, turli xil o‘tlar o‘sadigan dashtlrdan janubda quruq subtropiklargacha o‘zgaradi. Tog‘oldi tekisliklari vodiylar, daryolarning quruq deltalari, bepoyon ekinzorlar, paxtazorlar, mevali bog‘lardan iborat.O‘rta Osiyoda butun dunyoga dong‘i ketgan tarixiy me’morchilik  yodgorliklari, muzey-shaharlar mavjud. Buxoro, Samarqand, Xiva dunyoga mashhur shaharlardir. O‘rta Osiyo o‘lkasidan jahon fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon  Beruniy, Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino kabi olimlar, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammmad  Shayboniyxon kabi sarkardalar, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Abu Abdulloh Rudakiy, Boborahim Mashrab kabi buyuk shoirlar, Imom al-Buxoriy, al-Hakim at-Termiziy, Bahouddin Nashband kabi  hadisshunos mutafakkirlar yetishib chiqqan. O‘rta Osiyo okeanlardan uzoqda, materikning o‘rtasida joylashgan. Eng yaqin okean-Hind okeanigacha bo‘lgan masofa 1000 km dan ortiq.Iqlimi - qishi ancha sovuq, yozi issiq bo‘lgan keskin kontinental iqlim.Suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan, gidrografik jihatdan yaxlit berk o‘lka.Tabiatda o‘ziga xos keskinliklar mavjud, ya’ni bu yerda dengiz sathidan -132 m past bo‘lgan Qoragiyo botigi bilan birga, balandligi 7000 m dan oshadigan tog‘lar bor. Cho‘llarda yogin miqdori 70-80 mm gacha, tog‘larda 1000 mm gacha boradi. Qishda shimoliy-sharqiy qismida -50oC li sovuq, yozda janubida +50oC li jazirama issiq kunlar kuzatiladi.Janub va sharq tomonlari baland tog‘lar bilan o‘ralgan. Shimol va shimoli-g‘arb tomonlari tekisliklardan iborat. G‘arbdan iliq shamollar, shimoldan sovuq, quruq shamollar bemalol kirib kela oladi. G‘arbiy shamollar tog‘larning g‘arbiy yonbagirlariga ko‘p yogin keltiradi. Baland tog‘larda qor, muz toplanib, yoz davomida daryolarga suv berib turadi.Bu yerda o‘simliksiz ko‘chma qumlarni ham, o‘tish qiyin bo‘lgan chakalakzorlarni ham, ekinzor va bog‘lardan iborat vohalarni ham uchratish mumkin.

Bu o`lkada o`zbeklar,




Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə