Malakaviy amaliyot hujjatlari



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə4/31
tarix19.02.2022
ölçüsü5,27 Mb.
#83911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Amaliyot Hujjatlari Geografiya amaliyot

Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

Yangi darsning bayoni.
O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasining geografik orni, chegaralari va o‘ziga xos xususiyatlari.

O‘rta Osiyo Yevrosiyo materigining o‘rtasida joylashgan. O‘lkaning eng shimoliy nuqtasi 53,8o shimoliy kenglikda, Ayirtov yaqinida, eng janubiy nuqtasi Hindukush tog‘larining g‘arbiy tarmog‘i bo‘lgan Safedkoh tog‘ tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda - Xarirud vodiysida (34o shimoliy kenglik), g‘arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarim orolidagi Tub – qarag‘ay burnida (50,3o sharqiy uzunlik) va sharqiy nuqtasi Savir tog‘larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85,6o sharqiy uzunlik) joylashgan. Shimoldan janubga 2200 km va g‘arbdan sharqqa 2750 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan.



Sharqiy chegara Savir, O‘rkashar, Moyiltog‘, Jung‘oriya, Boroxoro, Iren- xabirga tizmalari, Adenkur dovoni, Qarat, Xoliqtog‘ tizmalari suvayirgichi orqali o‘tib, Xontangri tog‘ tuguniga keladi. Undan so‘ng Ko‘kshag‘al, Otboshi tizmalari suvayirgichi orqali o‘tib, Farg‘ona tizmasiga tutashadi, so‘ngra Oloyning sharqiy qismi va Sariko‘l tizmasi boylab o‘tib, Hindukush tog‘lariga tutashadi.Janubiy chegara Hindukush, Safedkoh, Nishopur tog‘ tizmalari suvayirgichi bo‘ylab o‘tib, Elburs tog‘i orqali borib, Go‘rgan yaqinida Kaspiy dengizi qirg‘ogi bilan tutashadi.G‘arb tomonda Kaspiy dengizi qirg‘oqlari chegara bo‘ladi. Shimoliy – g‘arbiy chegara Emba daryosining quyar joyidan janubroqdan boshlanib, Ustyurt platosi shimoliy chinklari bo‘ylab o‘tadi va Mug‘ojar tog‘larining janubiy etaklarigacha boradi. Bu chegara Sharqiy Yevropa platformasi bilan Turon platformasi chegarasiga to‘g‘ri keladi. Chegara 58o sharqiy uzunlik va 48o shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimolga burilib, Jetigara shahrigacha boradi. So‘ngra shimoliy-sharqqa tomon Qustonoygacha davom etadi va undan Ayirtovga boradi. Ayirtov-o‘lkaning shimoliy nuqtasi. So‘ngra chegara sharq va janubi-sharqqa tomon Qozog‘izton past tog‘larining shimoliy etaklari bo‘ylab davom etib, Qozog‘izton-Xitoy chegerasida Savir tog‘larining etagiga keladi.O‘rta Osiyoni alohida tabiiy-geografik o‘lka sifatida ajratishga asos bo‘ladigan o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari:O‘rta Osiyo okeanlardan uzoqda, materikning o‘rtasida joylashgan. Eng yaqin okean-Hind okeanigacha bo‘lgan masofa 1000 km dan ortiq.Iqlimi - qishi ancha sovuq, yozi issiq bo‘lgan keskin kontinental iqlim.Suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan, gidrografik jihatdan yaxlit berk o‘lka.Tabiatda o‘ziga xos keskinliklar mavjud, ya’ni bu yerda dengiz sathidan -132 m past bo‘lgan Qoragiyo botigi bilan birga, balandligi 7000 m dan oshadigan tog‘lar bor. Cho‘llarda yogin miqdori 70-80 mm gacha, tog‘larda 1000 mm gacha boradi. Qishda shimoliy-sharqiy qismida -50oC li sovuq, yozda janubida +50oC li jazirama issiq kunlar kuzatiladi.Janub va sharq tomonlari baland tog‘lar bilan o‘ralgan. Shimol va shimoli-g‘arb tomonlari tekisliklardan iborat. G‘arbdan iliq shamollar, shimoldan sovuq, quruq shamollar bemalol kirib kela oladi. G‘arbiy shamollar tog‘larning g‘arbiy yonbagirlariga ko‘p yogin keltiradi. Baland tog‘larda qor, muz toplanib, yoz davomida daryolarga suv berib turadi.Bu yerda o‘simliksiz ko‘chma qumlarni ham, o‘tish qiyin bo‘lgan chakalakzorlarni ham, ekinzor va bog‘lardan iborat vohalarni ham uchratish mumkin.O‘rta Osiyoning gidrografik berk o‘lka ekanligi va sharq, janub tomonlardan baland tog‘lar bilan o‘ralganligi ekologik jihatdan noqulay vaziyat tarkib topishiga sabab bo‘ladi. Daryolar keltirgan tuzlar tekisliklarda to‘planadi. Qishloq xo‘jaligida ishlatilgan gerbitsit va pestitsitlar, sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar tashqariga chiqib ketmaydi, O‘rta Osiyoning o‘zida to‘planib boradi. Bular tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirishni talab qiladi.

Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə