Malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi


Talabaning amaliyot to‘g‘risidagi yozma (elektron) hisobotida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi talab etiladi



Yüklə 45,45 Kb.
səhifə5/37
tarix19.12.2023
ölçüsü45,45 Kb.
#151325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Kundalik astronomiya

1.5. Talabaning amaliyot to‘g‘risidagi yozma (elektron) hisobotida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi talab etiladi:

  • Xar ish kunida bajarilgan ishlarni qisqacha mazmuni keltirilgan kundalik daftar;

  • Ta’lim muassasasida qaysi fanga ixtisoslashganligi, kontingenti va xonalar soni;

  • Talaba haqida ma’lumot (obyektivkasi);

  • Talabaning amaliyot davrida bevosita qatnashgan sinfi to‘g‘risida ma’lumot;

  • Malakaviy pedagogic amaliyot dasturi asosida tuzilgan amaliyot ish rejasi;

  • Amaliyot ish reja asosida bajarilgan ishlar yuzasidan yozma (elektron) hisobot va asoslovchi hujjatlari;

  • Fan bo’yicha yillik reja tuzilishi va uni dars jarayonida o’tilishini o’rganish;

  • Sinf (bo‘lim) rejasida ko‘rsatilgan fan bo‘yicha bir soatlik ishlanma tayyorlashda texnologik jarayoni to‘g‘risida ma’lumot;

  • Tashkilot, muassasa (amaliyot obyekti) tomonidan tayinlangan rahbarlarni amaliyot yakunida talabaga amaliyot to‘g‘risidagi tavsifnoma;

  • Amaliyot to‘g‘risida talaba xulosasi;

  • Amaliyot mobaynida foydalanilgan manbalar to‘g‘risida ma’lumot.

Amaliyot natijasi, bahosi talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi. Amaliyot yakuni oliy ta’lim muassasasining ilmiy-uslubiy va fakultetning ilmiy kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.


Amaliyot dasturini bajarmagan, hisoboti qoniqarsiz bo’lgan yoki himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba kredit modul tizimi bo’yicha akademik qarzdor hisoblanib, Pedagogika instituti rahbariyatining xulosasiga ko’ra qayadan amaliyot o’tashini belgilab beradi.



  1. KUNDALIKNI YURITISH VA TO‘LDIRISH QOIDASI.

Amaliyotni o‘tash davrida malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi talabaning asosiy xujjati hisoblanadi.


Institut joylashgan shahardan tashqarida amaliyot o‘tayotgan talaba uchun kundalik komandirovka guvohnomasi hisoblanadi va talabaning qancha muddat amaliyot o‘taganligini bildiradi.
Amaliyot davrida talaba har kuni amaliyot ish rejasi bo‘yicha va rahbarning topshiriqlariga ko’ra kunlik ajratilgan soatda bajargan ishlarini kundalikka qisqacha qo’l yozma shaklda yozib borishi kerak va shu asosida hisobotarni shakllantirib boradi.
Talaba haftada bir marta kundalikni tekshirtirish uchun institut amaliyot rahbariga taqdim etishi shart. Amaliyot rahbar kundalikni tekshirib kamchiliklarni ko‘rsatadi, navbatdagi topshiriqni beradi hamda talabaning faoliyatini nazorat qilayotganligini qayd etadi.
Amaliyotchi talaba malakaviy pedagogik amaliyot kundaligini yaxshi saqlashi, bo’yamasligi, qo’pol sozlarni yozmasligi, yirtmasligi, qalbakilashtirmasligi, aniq bajarilgan ishning qisqacha izohini yozib borishi kerak. Agar talaba amaliyot kundaligini va hisobotlarni yo’qotsa, fakultet dekani nomiga ariza yozadi va dekanning roziligi bilan qaytadan amaliyot kundaligini va hisobotlarini rasmiylashtirib to’ldiradi. Amaliyot yakunida talabaning kundaligi hisobot bilan birga amaliyot rahbarlari tomonidan tekshiriladi va xulosa yozilib imzo chekadi.
Amaliyotchi alaba yakunida to‘ldirilgan kundalikni hisobot bilan birgalikda kafedraga topshirishi shart. Amaliyotchi talaba malakaviy pedagogik amaliyot kundaligini to’liq to‘ldirmasa va hisobot bilan birga institut amaliyot rahbariga topshirmasa talaba amaliyot o‘tmagan hisoblanadi va qoniqarsiz baholanadi, talabaga dastur mezonlari bo’yicha fakultet dekanati tomonidan chora ko’riladi.


  1. Yüklə 45,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə