Ma’lumot-axborot hujjatlari bilan ishlash usullari



Yüklə 4,06 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü4,06 Kb.
#165043
Ma’lumot-axborot hujjatlari bilan ishlash usullari

Ma’lumot-axborot hujjatlari bilan ishlash usullari

Qudratova Elnoza

Reja:

R

  • Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi.
  • Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari. Tarjimayi hol. Bildirgi. Tavsifnoma.
  • Tarjimayi hol yozish.
  • Tavsifnoma yozish.
  •  

Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi

Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ko‘p ishlatiladi. Ma’lumot-axborot hujjatlari qarorlarni qabul qilishga undaydigan ma’lumotlarni yetkazadi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi

xodimdan bo‘lim rahbariga muassasa rahbariga

Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari

  • ariza
  • bayonnoma
  • bildirishnoma
  • vasiyatnoma
  • dalolatnoma
  • ishonchnoma
  • ma`lumotnoma
  • tavsifnoma
  • tavsiyanoma
  • taklifnoma
  • tarjimayi hol
  • tushuntirish xati
  • e’lon
  • hisobot

ARIZA


Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir.

BAYONNOMA


Turli yig`ilish, kengash va boshqa tur anjumanlaming borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o`rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi.

BILDIRISHNOMA, BILDIRGI


Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabar berish zarurati tug‘Uganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi.

VASIYATNOMA


Vasiyatnoma bir shaxsning (vasiyat qiluvchining), u vafot qilgan taqdirda, o‘ziga qarashli bo‘lgan mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha xohish-irodasi bayon qilingan hujjatdir. U muayyan andoza bo‘yicha tuzilishi, belgilangan talablarga (vasiyat qiluvchining huquqiy muomala layoqati, farmoyishning qonuniyligi, vasiyat qiluvchi tomonidan o‘zining so‘nggi xohish-irodasini bayon qilish erkinligi) javob berishi kerak.
Yüklə 4,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə