Ma’lumotlar. Rеjа



Yüklə 385,8 Kb.
səhifə15/64
tarix20.03.2023
ölçüsü385,8 Kb.
#102883
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
elektr olchash usullari va asboblari fanining xalq xojaligi fan texnika rivojidagi roli ahamiyati.

Statik xususiyati deganda o’lchash vositalarining statik ish rejimidagi parametrlari tushuniladi, yoki boshqacha qilib aytganda kirish kattaligi o’lchash olib borilgan vaqt davomida o’zgarmaydi.
Dinamik xususiyati deganda esa, o’lchash vositasining dinamik rejimidagi xususiyatlarini esa aks ettiruvchi parametrlari tushuniladi yoki boshqacha aytganda o’lchash vositasining kirish kattaligi o’lchash jarayonida o’zgaradi.


O’lchash vositasining asosiy statik xususiyatlari


Asosiy statik xususiyatlariga o’zgartirish funksiyasi, sezgirlik, sezgirlik ostonasi kiradi.


O’zgartirish funksiyasi – bu o’lchash vositasining kirishdagi (X) va chiqishdagi (Y) kattaliklari qiymatlarining o’zaro funksional bog’liqligidir.
O’zgartirish funksiyasi analitik ifoda bo’yicha [Y=f(X)], grafik tarzda va jadval ko’rinishida berilishi mumkin.
O’zgartirish funksiyasi ko’pincha o’lchash vositasining graduirovkali xarakteristikasi deyiladi.
O’lchash vositasi uchun (yoki o‘lchash vositasining konkret turi uchun) ko‘rsatilgan o‘zgartirish funksiyasini uning nominal o’zgartish funksiyasi Y=fn(X) deyiladi.
Sezgirlik – bu o’lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o’lchash vositasining chiqish sigali o’zgarishini shu o’zgarishning sababchisi – kirish signaliga olingan nisbati o’lchanayotgan kattalikka nisbatan asbobning sezgirligini belgilaydi.
S lim Y Y
x0X X
Sezgirlikning o’lchamligi kirish va chiqishdagi kattaliklarning o’lchamliklaridan aniqlanadi.

O’lchash vositalarining sezgirligini teskari qiymati
C 1 , ularning
S

doimiyligi deyiladi va u o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash asboblarining asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ko’rsatuvchi strelkali asboblarning (ko’rsatkichi) sanoq qurilmasi shkala va ko’rsatkichdan tuzilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar ko’rsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qo’shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning bo’linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo’shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala bo’linmasining qiymati deyiladi.

Yüklə 385,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə