Ma’lumotlar. Rеjа



Yüklə 385,8 Kb.
səhifə4/64
tarix20.03.2023
ölçüsü385,8 Kb.
#102883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
elektr olchash usullari va asboblari fanining xalq xojaligi fan texnika rivojidagi roli ahamiyati.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • X=q {x}

Kattalikning turlari


Ko’pincha kattalikning o’rniga parametr, sifat ko’rsatkichi, tavsif (xarakteristika) degan atamalarni ham qo’llanishiga duch kelamiz, lekin bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi.


Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, uni fizikaviy bog’lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin.
Masalan, vaqt birligidagi o’tilgan masofa bo’yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog’lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo’lib ko’riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar.
Asosiy kattaliklar – deb, ko’rilayotgan tizimga va shart bo’yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug’lik kuchi kabilar.
Hosilaviy kattalik – deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan , tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.
Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy ravishda ifodalashda o’lchamlikdan foydalaniladi.
Kattalikning o’lchamligi – deb shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklari bilan bog’liqligini ko’rsatadigan va proporsionallik koeffitsientini birga teng bo’lgan ifodaga aytiladi.
Kattalikning qiymati deganda, unung o’lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunamiz.
Kattalikning o’lchami – ayrim olingan moddiy ob’yekt, jism, hodisa yoki jarayonga tegishli bo’lgan kattalikning miqdori bo’lib hisoblanadi.
Kattalikning qiymati – qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Kattalikning qiymati uni o’lchash birligining o’lchami {x} va sonli qiymati bilan ifodalanadi.
X=q {x}

Kattalikning birligi deb – ta’rif bo’yicha qiymati 1 ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi.
Kattalikning birligi ham asosiy va hosilaviy birliklarga bo’linadi

Yüklə 385,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə