Ma’lumotlar. Rеjа


Raqamli o’lchash asboblarining asosiy qismlari



Yüklə 385,8 Kb.
səhifə56/64
tarix20.03.2023
ölçüsü385,8 Kb.
#102883
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
elektr olchash usullari va asboblari fanining xalq xojaligi fan texnika rivojidagi roli ahamiyati.

Raqamli o’lchash asboblarining asosiy qismlari.


Raqamli o’lchash asboblarining asosiy qismlariga triggerlar, qayta hisoblovchi qurilmalar, kalit, impulslar hisoblagichi, indikatorlar, solishtiruvchi qurilma va h. k. kiradi.
Triggerlar yarim o’tkazgichli elementlardan (tranzistor, diodlardan) rezistor, kondensatorlardan, integral mikrosxemalardan ishlanadi. (17.2 - rasm)


    1. – rasm.


Trigger (TG) – 2 turg’un muvozanat holatiga ega bo’lib, 1 – holatdan 2 – holatga tashqi signal ta’siridan sakrab o’tuvchan xususiyatiga ega. Trigger yangi holatga o’tganda, to yangi tashqi signal o’zgarmaguncha o’z holatini saqlab qoladi. Qayta hisoblovchi qurilma raqamli o’lchash asboblarida impuls chastotalarini bo’lish, son – impulsli kodlarni ikkilik kodlarga o’zgartirish kabi maqsadlarda ishlatiladi. Agar n – ta trigger ketma – ket qilib va qayta hisoblash koeffitsienti 2 ga teng qilib ulansa, hisoblovchi qurilma sifatida ishlatiladi (N = 2n).


Elektron kalit. Tranzistorli elektron kaliti. (17.3 – rasm) ni ekvivalent sxemasi.




    1. - rasm.


Kalit bir necha o’n Omlardagi R1 qarshiligidan, bir necha yuz millivoltlardagi kuchlanish generatoridan (E), I – mikroamperlardagi tok generatoridan, Rp bir necha yuz megaomdagi qarshilikli qilib ishlangan. Ulagich past holatga ulansa, kalit yopiq va yuqori holatga ulansa, u ochiq holatda bo’ladi.


Indikatorlar. Raqamli o’lchash asboblarida o’lchanayotgan kattalikni raqam shaklida ko’rsatilishi uchun maxsus belgili, segmentli va gazorazryadli indikatorlar ishlatiladi.
Segmentli indikatorlarda 0, 1, 2, … , 9 raqamlarni hosil bo’lishi uchun boshqaruvchi kuchlanish berilganda yoritiladigan 7, 8, 9 va undan ko’p sonli elementlar elektroluminafor tasmalaridan, svetodiodlardan, suyuq kristallardan ishlanadi. 17.4.a – rasmda yetti elementli indikator ko’rsatilgan.


    1. rasm.



17.4 – rasmda gazorazryad lampali indikator ko’rsatilgan. Lampa anodi, odatda, to’r shaklida, katodi esa ketma – ket joylachgan 0 dan 9 gacha raqam shaklida va +,-,V, A, va h.k. belgilarni hosil qiluvchi yupqa o’tkazgich (sim)dan ishlanadi. Lampa balloni neon bilan to’ldirilgan bo’lib, kuchlanish berilganda, katod atrofi yoritilib, indikatorda yorqin biron belgi, yorqin raqam hosil bo’ladi.



  1. Yüklə 385,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə