Ma’lumotlar Tuzilmasi va Algoritmlash Mavzu: Graflarda ko’ruv algoritmlari



Yüklə 3,42 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#159710
Ma’lumotlar Tuzilmasi va Algoritmlash Mavzu Graflarda ko’ruv al


Ma’lumotlar Tuzilmasi va Algoritmlash Mavzu: Graflarda ko’ruv algoritmlari

Ma’lumotlar Tuzilmasi va Algoritmlash

Mavzu:Graflarda ko’ruv algoritmlari

Bajardi:Ziyodullayev Javohir

Tekshirdi: Ganixodjayeva Dilfuza

Guruh:730-21

“Graf” iborasi D.Kyonig (1884–1944, venger matematigi) tomonidan 1936– yilda graflar nazariyasiga bag’ishlangan dastlabki darsliklarda uchraydi.


Graflar nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar natijalari inson faoliyatining turli sohalarida qo’llaniladi.
L.Eyler tomonidan e’lon qilingan tarixiy ilmiy ish yuz yildan kshproq vaqt mobaynida graflar nazariyasi bo’yicha yagona ilmiy ish bo’lib keldi.
Graflar nazariyasining asosiy masalasi berilgan nuqtalar va ularni tutashtiruvchi chiziqlarning xossalaridan tashkil topadi. Bunday talqinda chiziqlarnig to’g’ri chiziq yoki kesma uzun yoki qisqa bo’lishi muhim emas. Shunisi muhimki bu chiziqlar berilgan ikki nuqtani tutashtiradi.
1736 – yilda L.Eyler tomonidan o’sha davrda qiziqarli amaliy masalalardan biri hisoblangan Kyonisberg ko’priklari haqidagi masalaning qo’yilishi va echilishi graflar nazariyasining paydo bo’lishiga asos bo’ldi.
Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari • Matematik nazariyada va informatikada graf — bu tugunlar(uchlar)dan iborat bo'lgan bo'sh bo'lmagan to'plam va tugunlarni birlashtiruvchi yoylar majmuidir.
• Graf - bu murakkab chiziqsiz ko'pbog'lamli dinamik tuzilma bo'lib, murakkab ob'ektlarning xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
• (V, E) sonlar juftligiga graf deyiladi, bu yerda V – ixtiyoriy bo`sh bo`lmagan to`plam, E esa ning qism to`plami , bunda V to`plam elementlarining tartiblanmagan juftliklari to`plami. V – to`plam elementlari grafning uchlari deyiladi. E – to`plam elementlari esa grafning qirralari deyiladi. Agar V chekli bo`lsa, graf chekli deyiladi, aks holda cheksiz graf deyiladi.

Grafning uchlari va qirralari to`plamini mos ravishda V(G) va E(G) kabi belgilanadi. V(G) ushbu to’plamda uchlar berilgan bo’ladi. E(G) to’plamida esa qirallarning qushni uchlar juftligi bilan aniqlanadi.

• Qirra ikkita uch bilan aniqlanadi. Umumiy uchga ega bo`lgan ikkita qirra qo`shni hisoblanadi. Agar grafning ikkita uchi qirra bilan tutashtirilgan bo`lsa, bu uchlar qo`shni uchlar deyiladi. Grafning bir uchdan chiqqan ikki qirrasi qo`shni qirralar deyiladi. Agar grafda boshi va oxiri bitta tugunda tutashadigan qirra mavjud bo'lsa, unga ilmoqli qirra deyiladi


• Agar grafda takroriy (karrali) qirralar mavjud bo`lsa, bunday grafga multigraf deyiladi. Agar grafda karrali qirralar bilan birga uchni o`z-o`zi bilan tutashtiruvchi ilmoqlar ham mavjud bo`lsa, bunday grafga psevdograf deyiladi

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR M’ALUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLASH



http://fayllar.org
Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə