Маълумотнома


Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining o‘rni va sohadagi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   505
buxgalteriya hisobi

 

1.4.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining o‘rni va sohadagi 

islohotlarning ahamiyati 

 



 

19 


O‘zbekiston  iqtisodiyotida 

bozor

 

iqtisodiyoti

  talablari  va  buxgalteriya  hisobini  xalqaro 

andozalarga  muvofiqlashtirish  maqsadida  buxgalteriya  hisobi  tizimi  bosqichma  –  bosqich    isloh 

qilib kelinmoqda. 

Bozor  munosabatlarini  shakllanishi  va  davlat  mulkini  xususiylashtirilishi  xo‘jalik  yuritishni 

mazmuni  va  tuzilishida  jiddiy  o‘zgarishlarga  sabab  bo‘ladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  buxgalteriya 

hisobida  tub  o‘zgarishlarni  talab  qiladi.  Buning  uchun  bir  qancha  ustivor  vazifalar  aniqlandi  va 

qonuniy bazalar yaratildi hamda ular takomillashtirilmoqda. 

Mamlakatimizda  xalqaro  buxgalteriya  hisobi  andozalari  talablariga  javob  beradigan  xalqaro 

tamoyillar va qoidalarga mos keladigan O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy 

asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi. 

Shu  maqsadda  1996  yil  30  avgustda  «Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risidagi  O‘zbekiston 

Respublikasining  qonuni»  qabul  qilindi.  Ushbu  qonun  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish, 

buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni  inventarizasiya qilish va baholashning 

asosiy tamoyillari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga 

qo‘yilgan  vazifalar,  maqsad  va  talablarni  belgilab  beradi.  «Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida»  gi 

Qonun  ko‘rsatmalari  va  moddalari  asosida  Buxgalteriya  hisobining  milliy  andozalari 

(BHMA)tasdiqlandi. Hozir ularning soni 24 ta bo‘lib 21 – BHMA – Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 

moliyaviy  –  xo‘jalik  faoliyatinin  buxgalteriya  hisobi  schyotlarirejasi  va  uni  qo‘llash  bo‘yicha 

yo‘riqnomadir. 

Vazirlar mahkamasining  1999  yil 5 fevraldagi  54  – son  qarori  bilan tasdiqlangan  «Mahsulot 

(ishlar,  xizmatlar)  ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish  tartibi  to‘g‘risida»  gi  Nizom,  2000  yil  26  mayda  qabul  qilingan  O‘zbekiston 

Respublikasining  Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun  va  buxgalteriya  hisobi  21  –  son  milliy 

andozasi  yangi  schyotlar  rejasi  hamda  «Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida»  gi  qonun  O‘zbekiston 

Respublikasida  barcha  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  uchun  hisob  siyosati  meyorlarini  huquqiy 

ta’minlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalteriya  hisobi  faqat  hisob  yuritish  va  statistika  vazifasini 

bajarib  qolmasdan,  balki  manfaatdor  tomonlar,  masalan  ular  tasarrufidagi  mavjud  bo‘lgan 

moliyaviy  resurslardan  qanday  qilib  yaxshiroq  foydalanish  to‘g‘risida  xolis  va  asoslangan  qaror 

qabul  qila  olish  uchun  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  faoliyati  to‘g‘risida  axborot  to‘plash  uni 

qayta  ishlash  vauzatish  vositasiga  aylanmog‘i  kerak.  Bundan  tashqari  buxgalteriya  hisobi  halqaro 

biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni 

saqlash vako‘payishiga xizmat qilishi kerak. 



 

20 


Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalterlar  faqat  xo‘jalik  operasiyalarini  qayd  qiluvchigina 

emas, balki ular ko‘p darajada taxlilchi, prognozchi ham bo‘lishi kerak. Buning uchun ular yuqori 

darajadagi malakaga ega bo‘lishi kerak. 

Islohotlar  barcha  sohalarda  keng  quloch  yozayotgan  hozirgi  sharoitda  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlarda  hisob  –  kitob  va  hisobot  ishlarini  zamon  talablariga  javob  beradigan  tarzda  yuritish 

muhim ahamiyatga  ega. 

Hozirgi davrda davlat, jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, xususiy va boshqa mulk shakliga 

ega  bo‘lgan  korxonalar  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyatining  to‘g‘ri  tartibli  boshqarilishi  ko‘p  jihatdan 

xo‘jalikning  moliyaviy  xo‘jalik  muomalalari  kabi  omillarni  ifodalashga  yagona  tartibda 

yondoshilishiga  bog‘liq.  Buxgalteriya  hisobi  korxonalar  faoliyatini  o‘rganish  va  boshqarishda 

asosiy  manba  bo‘lib  hisoblanadi.  Qayerda  hisob  –  kitob  ishlari  puxta  tashkil  etilsa,  ko‘zlangan 

maqsadga  erishish  oson  bo‘ladi.  Buxgalteriya    hisobini  puxta  o‘rganish  bu  fanni  fundamenti 

hisoblangan  buxgalteriya  hisobi  nazariyasidan  boshlanishi  lozim.  Chunki,    bu  fan  buxgalteriya 

hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha, hisob, schyot, ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, baholash, 

kalkulyasiya  qilish.  Balans  hisobot,  yo‘qlama  qilish,  buxgalteriya  hisobining  predmeti  va  usuli 

to‘g‘risida batafsil tushuncha beradi. 

Buxgalteriya hisobi nazariyasi buxgalteriya hisobining hamma tarmoq kurslari, ya’ni sanoatda 

buxgalteriya hisobi, savdoda buxgalteriya hisobi, qurilishda buxgalteriya hisobi, qishloq xo‘jaligida 

buxgalteriya  hisobi.  moddiy  t’minotda  buxgalteriya  hisobi,  davlat  bankida  buxgalteriya  hisobi  va 

boshqalar uchun umumiy  bo‘lgan qoidalarni o‘rgatadi.  Buxgalteriya hisobi  nazariyasi  va ularning 

tarmoq kurslari birgalikda buxgalteriya hisobi fanini tashkil etadi. Bu fan xo‘jalik faoliyatini tahlili 

va  audit  fanlar  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Chunki,  buxgalteriya  hisobining  ma’lumotlaridan 

foydalanish usullarini xo‘jalik faoliyatini tahlili va audit fanlari o‘rgatadi. 

Buxgalteriya  hisobi  xalq  xo‘jaligida  buxgalteriya  hisobi,  statistika,    rejalashtirish,  moliya 

kredit, mikro va makro iqtisodiyot  va xuquqshunoslik  bilan o‘zaro bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobi 

fanida xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  mablag‘lari va ularning manbalari hamda xo‘jalik jarayonlarini 

aks ettirishning metodologik asoslari iqtisodiy qonunlar talablariga muvofiq yoritiladi. 

Buxgalteriya hisobi fani jamiyat rivojlanishida turli ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash bo‘yicha 

barcha formasiyalarda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vujudga kelgan. 


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə