Маълумотнома



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   505
buxgalteriya hisobi

Boshqaruv hisobi - 

bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar   faoliyati, faoliyat natijalari, mulki (aktivlari, 

mablag‘lari), mulkni tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi turli o‘lchov birliklaridagi batafsil  

axborotlarni ichki boshqaruv segmentlari, ya’ni obyektlar, subyektlar va javobgarlik markazlari 

kesimida yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki boshqaruv organlari hukmiga 

tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir.  



 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatga  olingan 

yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan 

shu’ba  korxonalari,  filiallari,  vakolatxonalari  va  boshqa  tarkibiy  bo‘linmalari  buxgalteriya  hisobi 

subyektlaridir. 

Yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shugullanuvchi  shaxslar  qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  buxgalteriya  hisobni  yuritadi  va  buxgalteriya  (moliya) 

hisobotini taqdim etadi.

1

 

Asosiy  va  joriy  aktivlar,  majburiyatlar,  xususiy  kapital,  zahiralar,  daromadlar  va  xarajatlar 



foyda,  zararlar  hamda  ularning  harakati  bilan  bogliq  xo‘jalik  operasiyalari  buxgalteriya  hisobini 

                                                 

1

 О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni 30.08.1996 yil 3- modda 



 


 

15 


obyektlaridir.  Buxgalteriya  hisobining  obyektlar  jamlama  hisobvaraqlarda  aks  ettiriladi.  Analitik 

hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

2

 

 



Tushunarlilik,  ahamiyatlilik,  ishonchlik  va  solishtirish  imkonining  mavjudligi 

buxgalteriya 

axborotining to‘rtta asosiy xususiyati

dir. 


 

Tushunarlilik.

  Qaror qabul qilishda axborotdan to‘liqroq foydalanish maqsadida u tushunarli 

bo‘lishi kerak. 

 

Ahamiyatlilik

.  Moliyaviy  hisobotlardan  foydalanishda  tashqi  foydalanuvchilar  to‘g‘ri  qaror 

qabul  qilishi  uchun  buxgalteriya  axborotlari  yaroqli  bo‘lishi  kerak.  Buxgalteriya  axborotlari 

quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 

-

 



iqtisodiy kelajakni istiqbol qilish; 

-

 



istiqbol  qilishning  kelgusi  texnik  uslublarini  takomillashtirish  maqsadida  oldingi 

istiqbollarning to‘g‘riligini tasdiqlash. Buxgalteriya axborotining ahamiyatlilik darajasini qo‘yidagi 

uch jihati yordamida o‘lchash mumkin. 

-

 



ayni paytlilik; 

-

 



istiqbol qilishning muhimligi

-

 



teskari aloqa. 

Ishonchlilik.

  Buxgalteriya  axborotining  ishonchliligi,  avvalambor,  uning  xato  va 

kamchiliklardan  xolisligini  bildiradi.  U  axborotning  asosiy  mazmunini  to‘g‘ri  ochib  berishi  kerak. 

Axborotning uchta mezonga muvofiq tekshiriladi. 

1.

 

To‘g‘ri aks ettirish, ba’zida ishonchlilik deyiladi; 



2.

 

Tekshirish  imkoniyatining  mavjudligi,  aniqligi  tekshirilishi  mumkin  bo‘lgan  hujjatlar 



ma’lumotlar manbasining auditorlik tekshiruvini nazarda tutadi; 

3.

 



Betaraflilik  –  moliyaviy  hisobotlardan  foydalanuvchilarga  ta’sir  etish  uchun  hisobotlarda 

burttirilgan  nuqtai  nazarlar  yoki  asoslanmagan  fikrlardan  foydalanish  mavjud  bo‘lmaganda, 

ma’lumotlar betaraflilik mezoniga to‘g‘ri keladi.  


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə