Маълумотнома


O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va uning



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   505
buxgalteriya hisobi

1.6.O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va uning 

ahamiyati. 

 

1996  yil  30  avgustda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining  «Buxgalteriya  hisobi 



to‘g‘risida»gi  qonuni  24  ta  moddadan  iborat  bo‘lib,  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish  hamda 

hisobot  tuzish  bilan  bog‘lik  munosabatlar  O‘zbekiston    Respublikasi    «Buxgalteriya  hisobi 

to‘g‘risida»gi  Qonuni  va  boshqa  meyoriy  hujjatlar  bilan    tartibga  solinadi.  Buxgalteriya 

hisobining  maqsadi  foydalanuvchilarni  o‘z  vaqtida  to‘liq  hamda  aniq    moliyaviy  va  boshqa 

buxgalteriya  axboroti    bilan    ta’minlashdir.  Ma’lumki,  jahon  amaliyotiga  mos  keladigan 

"Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida"gi  Qonunsiz  milliy  hisob  tizimini  yetarli  darajada  qayta  qurish 

mumkin  emas.  Ushbu  Qonun,  eng  avvalo,  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish,  buxgalteriya 

hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizasiya qilish va baholashning asosiy 

tamoyillari  va  qoidalari,  o‘z  va  qarzga  olingan  kapital  hisobi,  moliyaviy  hisobotlar  oldiga 

qo‘yilgan  asosiy  vazifalar,  maqsad  va  talablarni  belgilab  beradi.  Bundan  tashqari,  mazkur 

Qonun  buxgalteriya  hisobini  yuritishda  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarning  huquqi,  burchi  va 

ma’suliyatlarini  shuningdek,  moliyaviy  hisobotlarni  topshirish  va  chop  etish  bo‘yicha 

qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. 

Ushbu  qonunga  ko‘ra  buxgalteriya  hisobining  tashkil  kilinishi  korxona,  muassasa  va 

tashkilotlarning  rahbari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunda  subyektning  rahbariga  quyidagi 

huquqlar beriladi: 

- bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya xizmat sohasini yaratish yoki  

- shartnoma asosida taklif qilingan mutaxassis bilan buxgalteriya hisobini yuritish, shartnoma 

asosida  ixtisoslashgan  buxgalterlik  firmasiga  topshirish  yoki  buxgalteriya  hisobining  subyektiga 



 

23 


kiradigan  xo‘jalik  birlashmasining  markazlashtirilgan  buxgalteriyasi    bo‘limining  xizmatidan 

foydalanish;  

- buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish; 

Shu bilan birga subyektning rahbariga quyidagilarni taminlash majburiyatlari Yuklatilgan: 

- ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;  

- xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi

- buxgalteriya hisobining tulikligi va ishonchliligi; 

- hisob hujjatlarining saqlanishini; 

- tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotni tayyorlab berish; 

- soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlab berish; 

- hisoblashishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi. 

Subyektda pul mablag‘larini, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish uchun asos 

bo‘lib  hisoblangan  hujjatlar,  korxona,  muassasa  va  tashkilotning  kredit  va  hisoblashish 

majburiyatlari,  va  shuningdek  buxgalteriya  hisoboti  va  balansi  rahbar  yoki  uning  hohishi  bilan 

belgilangan shaxslar tomonidan imzolanadi. 

Subyektning rahbari hujjatlarga o‘z imzolarini qo‘yadigan ikki ro‘yxatni belgilab tasdiqlaydi. 

Birinchi  ro‘yxatga  rahbarlik  funksiyalarini  bajaruvchi  shaxslar,  ikkinchisiga  esa  -  buxgalteriya 

hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar kiritiladi. 

Ikkinchi ro‘yxatdagi shaxslarning imzosisiz hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.   

Bozor  iqtisodiyoti  sharotida  har  bir  korxona,  tashkilot  yoki  firma  farmon,  nizom  va 

ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda hisob siyosatini o‘zi belgilaydi va  subyektning rahbariyati yoki 

mulk egasining bo‘yrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil 

qilish  va  uning  tuzilishi,  moliyaviy  va  boshqaruv  hisobini  tashkil  qilish  va  buxgalteriya  hisobini 

yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi. 



    

Qonunda,  qo‘rinib  turibdiki,  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etishda  muhim  o‘rin  tutuvchi  eng 

asosiy  tartib-qoidalar  belgilangan.  Ushbu  tartib-qoidalarga  amal  qilish  barcha  turdagi  xo‘jalik 

yurituvchi subyektlar uchun majburiydir. 



Buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar va ularni manfaatlari 

Buxgalteriya  hisobi  va  uning  ma’lumotlaridan  xayotda  juda  keng  mikyosda  foydalaniladi. 

Bu  axborotlardan  foydalanuvchilarni  uch  guruxga  bulish  mumkin:  1)  subyektning 

boshkaruvchilari;  2)  subyektdan  tashkarida  turib,  undan  moliyaviy  manfaatdor  bo‘lganlar;  3) 

subyektning 

moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyatidan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  moliyaviy  qiziqishda 

bo‘lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar. 



Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar 

Boshqaruv  xodimlari  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlaridan  asosan  iqtisodiy  xo‘jalik 

muomalalari  va  mahsulot  ishlab  chiqarish  (ish  bajarish,  xizmat  ko‘rsatish)  ustidan  nazorat 



 

24 


o‘rnatishda,  byudjetning  bajarilishi  va  foyda  olinishining  monitoringini  o‘rnatishda,  shuningdek 

kompaniyaning  kelajakda  muvaffaqiyatga  erishishida  muhim  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishda 

foydalanadilar. 

Tashqi  foydalanuvchilar  –  bu  korxonaning  mavjud  va  potensial  mulkdorlari;  berilgan 

kreditlarni  maqsadga  muvofiqligi  yoki  muddatini  uzaytirishni  baholash  uchun  axborotdan 

foydalanadigan  mavjud  va  potensial  kreditorlar;  ushbu  mijoz  bilan  aloqani  mustahkamligini 

aniqlovchi  mol  yuboruvchi  va  xaridorlar;  davlat,  dastavval  uning  soliq  organlari.  Bu  xususan 

hisobot hujjatlarini, soliq hisoblashni to‘g‘riligini tekshiradi, soliq siyosatini belgilaydi.  

Tashqi   foydalanuvchilarni   asosan  quyidagi  ko‘rsatkichlar qiziqtiradi: 

-subyektning aktivlari va passivlarining tarkibi; 

-subyektning likvidligi

-o‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi; 

-aktivlarning aylanish tezligi; 

-barcha aktivlar va realizasiya qilingan mahsulotning rentabellik darajasi; 

-subyektning ixtiyorida qoladigan sof foyda

-to‘langan dividentlarning hissasi (agar aksiyadorlik kompaniyasi bo‘lsa). 




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə