Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari


-bob. Stajirovkani tashkil etish



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə13/21
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114770
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
00 Stajirovka Mamajonova

2-bob. Stajirovkani tashkil etish
6. Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim.
7. OTM kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga ko‘ra magistratura talabasini stajirovka o‘tashga yuborish masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
8. Magistratura talabasi kadrlar iste’molchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka o‘tashga jalb qilinishi mumkin.
9. Stajirovka o‘tashga yuborilayotgan magistratura talabalari ro‘yxati OTMdan stajirovka rahbari ko‘rsatilgan holda OTM rektorining (direktorining) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
10. Stajirovka o‘tash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan ta’minlash imkoniyati hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Stajirovka OTM joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda o‘tkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
12. OTM rektori (direktori) stajirovka o‘tash jarayonida magistratura talabasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlaydi.
13. Stajirovka bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish OTMning magistratura bo‘limi tomonidan tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug‘ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
14. Stajirovka OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga oshiriladi, stajirovkani xorijda o‘tash hollari bundan mustasno.
15. Stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini turar joy bilan ta’minlash, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka o‘tashni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi.
16. Stajirovka o‘tash davrida stajirovka o‘tayotgan magistratura talabasiga qabul qiluvchi tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotda amalda bo‘lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə