Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari


-bob. Stajirovkani rasmiylashtirish



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə16/21
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114770
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
00 Stajirovka Mamajonova

6-bob. Stajirovkani rasmiylashtirish
29. Magistratura talabasi birinchi semestrni (birinchi kursni) muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, stajirovka o‘tashga yuboriladi. Stajirovka rejalashtirilayotganda uning yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga ikki oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olinishi lozim.
30. Magistratura talabasining u ta`lim olayotgan OTM bilan oldindan tuzilgan tegishli kelishuv (shartnoma) mavjud bo‘lgan tashkilotlarda stajirovka o‘tashi nazarda tutilganda, unga OTM rektorining (direktorining) OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq chiqargan buyrug‘i bilan ushbu tashkilotda stajirovka o‘tash uchun yo‘llanma beriladi.
31. Magistratura talabasi yozgi ta’til davrida stajirovka o‘tash uchun yuborilishi mumkin.
32. Stajirovka o‘tash jarayonida magistratura talabasi tomonidan stajirovka kundaligi yuritiladi.
Stajirovka kundaligi OTMdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka boshlanishidan oldin bepul beriladi.
33. Stajirovka o‘tash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan imzolab boriladi.
34. Stajirovka o‘tashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
35. Stajirovkaning oxirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka kundaligida stajirovka o‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Qabul qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan stajirovka o‘tagan magistratura talabasiga uning iltimosiga ko‘ra yozma ravishda tavsifnoma berilishi mumkin.
36. Stajirovka o‘tash uchun yuborilgan magistratura talabalari o‘quv jadvalini individual grafik asosida bajaradi.
37. Stajirovka o‘tash muddati ilmiy rahbarning asoslangan tavsiyasiga muvofiq OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda zarur hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi uch oydan oshmasligi kerak.
Stajirovka nazariy ta’limning o‘zaro aloqasini ta’minlash shartini bajargan holda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin.
38. Magistratura talabasi xorijda stajirovka o‘tash uchun OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limiga qabul qiluvchi tashkilotdan olingan rasmiy taklifnomani, xorijda stajirovka o‘tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomani (yozma ravishdagi kelishuvni) ilova qilgan holda murojaat etadi.
39. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi magistratura talabasining xorijda stajirovka o‘tashi masalasini o‘rganib chiqadi va ko‘rib chiqish uchun OTM kengashiga murojaat qiladi.
40. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi stajirokani tashkil etish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
xorijda stajirovka o‘taydigan magistratura talabalari ro‘yxatini tayyorlaydi;
xorijda stajirovka o‘taydigan magistratura talabasiga xorijga chiqish-kelish tartibini tushuntiradi;
xorijda stajirovka o‘taydigan magistratura talabasiga xorijda o‘zini tutish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beradi;
zarur hujjatlarni, jumladan vizani rasmiylashtirishda magistratura talabasiga amaliy yordam ko‘rsatadi.
41. Stajirovkani xorijda o‘tash uchun magistratura talabasi:
qabul qiluvchi tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada ko‘rsatilgan chet tilini bilishi;
stajirovka boshlanishidan kamida uch oy oldin chetga chiqish bo‘yicha tegishli hujjatlarini tayyorlashi, jumladan zarur hollarda viza rasmiylashtirishi;
stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalni (kalendar rejani) qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim.
42. Xorijda stajirovka o‘tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuziladigan shartnomada magistratura talabasining tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yo‘l xarajatlari miqdori, manbalari hamda ular kim tomonidan qoplanishi va boshqa muhim shartlar ko‘rsatilishi zarur.
43. Magistratura talabasi homiy tashkilot mablag‘lari hisobidan xorijda stajirovka o‘tashi mumkin. Bunda stajirovka homiy tashkilot bilan OTM o‘rtasidagi shartnomaga (kelishuvga) muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə