Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari


II. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə4/21
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
00 Stajirovka Mamajonova

II. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
6. Aniq mutaxassislik boyicha magistrlar tayyorlashga qoyiladigan talablar oliy ta`limni boshqarish boyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
7. Magistr:
tanlangan mutaxassisligi boyicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga;
oliy ta`lim muassasasidan keyingi ta`limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik boyicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qoshimcha kasb ta`limi olishga tayyorlanadi.
8. Magistr oz mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy;
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta`lim yonalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari boyicha ham shugullanishi mumkin.
III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari
9. Magistratura talabalari:
Ta`lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;
oliy ta`lim muassasasi faoliyati bilan bog`liq muhim masalalarni korib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
oliy ta`lim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan oquv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy ta`lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;
oz ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;
oliy ta`lim muassasasi Ilmiy kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika ta`lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot otash, stajirovkada bolish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bolganda ularga yollanma olish;
oliy ta`lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bolgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;
talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda oqishga yollagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.
Magistratura talabasi qonun hujjatlarida yoki oliy ta`lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
10. Magistratura talabalarining majburiyatlari:
magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va ozlashtirish;
o‘quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
oliy ta`lim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish.
Magistratura talabasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə