Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/21
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
00 Stajirovka Mamajonova

Magistratura to`g`risida
nizom
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy ta`lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
(1-band Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma`lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 682-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma`lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son)
Ozbekiston Respublikasi hududida oz faoliyatini yuritayotgan, ornatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta`lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va o`qitish tartibi Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi.
(1-band Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oqishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi Nizom.
2. Magistratura aniq mutaxassislik bo`yicha bakalavriat negizida o`qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta`limdir.
Magistratura dasturi yakunlanishi “magistr” darajasini beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi hisoblanadi.
Ozbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
3. Tegishli mutaxassisliklar bo`yicha magistrlarni tayyorlash davlat akkreditatsiyasidan o`tgan oliy ta`lim muassasalarida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadigan davlat granti va tolov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Oliy ta`lim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:
magistrlar tayyorlash bo`yicha oquv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta`lim va oqitish sifatini nazorat qilishga komaklashishni;
oquv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
oliy ta`lim muassasalari barcha bolinmalarining magistrlar tayyorlash boyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
magistrlarni oqitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.
5. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim olish tolov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə