|
Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlariV. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oqituvchilarga qoyiladigan umumiy malaka talablari
|
səhifə | 6/21 | tarix | 31.05.2023 | ölçüsü | 0,83 Mb. | | #114770 |
| 00 Stajirovka MamajonovaV. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oqituvchilarga qoyiladigan umumiy malaka talablari
16. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oqituvchi ta`lim jarayoni doirasida:
hamma turdagi oquv mashgulotlarini yuqori darajada otadi;
oquv, ilmiy va oquv-metodik ishlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi;
ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi;
kafedra ixtisosligi boyicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
talabalar ilmiy seminarlarini boshqaradi;
kafedra pedagoglari tomonidan barcha turdagi oquv mashgulotlari sifatli otkazilishi ustidan nazorat qiladi;
magistraturaning tegishli mutaxassisligi boyicha namunaviy va ishchi oquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
kafedra ilmiy tadqiqotlari yonalishlari doirasida tashkil etiladigan yigilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi;
magistratura talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi;
magistratura talabalari uchun darsliklar va oquv-metodik qollanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlashda ishtirok etadi;
magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi.
17. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oqituvchilarga quyidagi malaka talablari qoyiladi:
fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin bolgan yollarni kora bilish uquviga ega bolish;
ilmiy muammolarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar otkaza olish va ularning natijalari boyicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega bolish;
magistratura talabalarining individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yonalishlarini belgilash qobiliyatiga ega bolish;
magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qollashga tayyor bolish;
pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning maqbul yechimlarini topish uquvi;
magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yonaltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish boyicha amaliy tajribaga ega bolish;
ma`lumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali oz bilimini takomillashtirish uchun doimiy organish, malumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega bolish.
18. Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bolgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.
[OKOZ:
Dostları ilə paylaş: |
|
|