O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
70110501- ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta`lim) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI 2-BOSQICH MAGISTRANTI
MAMAJONOVA ZULAYHO AHADJON QIZINING
ILMIY AMALIYOT HUJJATLARI
Namangan- 2023
MUNDARIJA
KIRISH 3
Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida 6
“Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani otash tartibi togrisida”gi Nizomni tasdiqlash togrisida 16
Stajirovka hisoboti 23
Stajirovka rahbarining xulosasi 25
Magistratura talabalarini stajirovkaga yuborish togrisidagi buyrugidan kochirma 26
Magistratura mutaxassisliklarida stajirovka boyicha hisobot himoyalarini otkazish togrisidagi buyrugidan kochirma 27
Stajirovkaga yuborish yollanmasi 28
Stajirovka otash dasturi 29
Stajirovka kundaligi 30
Boshlangich sinfda aniq va tabiiy fanlarni oqitish metodikasi kafedrasi 2-bosqich magistrantlarini ilmiy stajirovkaga chiqarish va stajirovka yakuniga bagishlangan yigilish bayonnomalaridan kochirma 31
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirining 2015-yil 26-noyabrdagi Oliy ta‘lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida 1 buyrug‘iga asosan magistratura mutaxasissligi talabalari ilmiy amaliyot(stajirovka)ga jalb etiladi.
Stajirovka (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) - magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli kasbiy talim o‘quv reja va dasturlarini o‘zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetentsiyalarini shakllantirish maqsadida talimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo‘li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sog‘liqni saqlash tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi uchun tashkil etiladi.
Stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq, stajirovka davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sogliqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o‘rganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yig‘ish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur bo‘lgan tajriba-sinovlarni otkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo‘yicha tadbirlarni qamrab oladi.
Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari universitet kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka o‘tashga yuboriladi.
Stajirovka:
ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetentsiyalarni shakllantirishi;
mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi;
kasbga samarali moslashuvni ta`minlashi lozim.
Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taminlashga yo‘naltirilishi lozim.
Stajirovka o‘tashning tayyorlov bosqichida - qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funktsiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendarg reja) tuziladi.
Stajirovka o‘tashning asosiy bosqichida - magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendarg rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.
Stajirovka o‘tashning yakuniy bosqichida - magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari korib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi.
Ilmiy amaliyotni o‘taydigan magistrant va uning rahbariga asosiy qo‘yiladigan talablar ushbu amaliyot dasturidan kelib chiqadi. Bunda ular dasturda keltirilgan meyorlarga amal qilishlari va rejada ko‘rsatilgan barcha ishlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarishlari lozim.
Mutaxassislik kafedrasi tomonidan magistrantlarning ilmiy amaliyot davomida tartib-intizomga rioya qilishlari nazorat qilinadi hamda magistrantga xulq-atvor, kiyinish madaniyati va atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabat togrisida ko‘nikma beriladi.
Magistratura talabasi stajirovka boyicha hujjatlari - stajirovkaga yuborish yo‘llanmasi, stajirovka o‘tash dasturi, stajirovkaga kundaligi, stajirovka hisoboti, stajirovka rahbarining taqrizlari va xulosalaridan iborat.
[OKOZ:
Dostları ilə paylaş: |