Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy


“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114483
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
sxema

 
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил 
www.iqtisodiyot.uz
Korxonalar o‟rtasidagi to‟lov intizomining buzilishi bo‟yicha ziddiyatlar vujudga 
kelishi respublika uchun korxonalarni inqirozdan chiqarish va sog‟lomlashtirishda yangi 
institutsional-huquqiy tizimining zarurligini ko‟rsatdi. Bundan tashqari, MDHning 
boshqa davlatlarida ham bu tizimga e‟tibor qaratila boshlagan edi[8]. 
Mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz maxsulotni 
ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko‟rib ishlayotgan 
korxonalrni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo‟l qo‟yib bo‟lmaydi. Bunday 
korxonalari soni bugungi kunda 200 tadan oshib, ularning aksariyati yengil va oziq-
ovqat sanoatida saqlanib qolmoqda. Holbuki bu sohalarda tez o‟zgaruvchan bozor talabi 
texnika va texnologiyalar uzog‟i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda bundan ham 
qisqa muddatlarda o‟zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatda mazkur korxonalarni 
bankrot deb e‟lon qilish yo‟li bilan tubdan o‟zgartirish darkor. 
Bu borada O‟zbekiston Respublikasi Prizidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-
4053 sonli “Iqtisodiyotni real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada 
oshirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi Farmonida ko‟zda tutilgan iqtisodiy nochor 
korxonalarni moliyaviy sog‟lomlashtirish, modernizatsiya, texnik-texnologik jihatdan 
yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‟larini kengroq jalb qilishni yo‟lga 
qo‟yish tadbirlari muhim hisoblanadi. 
1.
Bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70 % va undan ortiq qismini bank 
kreditlari tashkil etsa, y holda korxonani tijorat banklari balansiga berish. 
2.
Bankrot korxonani ayksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va 
tegishli majburiyatni o‟z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish. 
3.
Bankrot korxonani tanlov savdolar orqali tijorat banklariga “nol” qiymatda 
investitsion majburiyat sharti bilan sotish. 
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish 
hamda yangi xo‟jalik faolyatini yo‟lga qo‟yish jarayonlarini sezilarli darajada 
tezlashtiradi. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə