Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy


“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
sxema

 
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил 
www.iqtisodiyot.uz
yoki uzilishlar yoki bu darajadagi muammolarni paydo bulishiga olib keladi. Bu 
muammolar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni turib qolishi, aylanma mablag‟larning 
aylanuvchanligi pasayishi, pul oqimining yetarli emasligi kabilarda hosil bo‟ladi. 
Natijada korxonaga inqiroz xavf sola boshlaydi[4]. 
Inqirozni vujudga kelish sabablarini 1-rasm yordamida ko‟zatish mumkin. 
Chizmada ko‟rinib turibdiki, korxonalarni inqirozga olib keluvchi sabablar shaxslarning 
ta‟siriga bog‟liq holda obyektiv va subyektiv turlariga bulinadi. Ob‟ektiv sabablar 
ko‟proq tabiiy holatda yuz beradigan inqirozlarni shakllantiradi. Masalan, korxona 
tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot urfdan qolishi, texnologiya zamon talabiga javob 
bermasligi va h.k. subyektiv sabablar insonning ta‟siri natijasida ataylab yoki su‟niy 
ravishda inqirozni uyushtirish tushunildi. 
1-rasm. Korxonani Inqirozga olib keluvchi ichki va tashqi sabablar.[5] 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar xo‟jalik faoliyatini uzluksiz tartibda faol 
ishlashi qaror qabul qilish jarayoniga bog‟liq. Qaror qabul qilish mexanizmini ishlab 


 
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил 
www.iqtisodiyot.uz
chiqarish korxonalarida to‟gri tashkil etilganligi esa uni ma‟lumotlar bilan ta‟minlovchi 
tizimning axborotlarini ishonchliligi va o‟z vaqtida yetkazib berilishi bilan tavsiflanadi. 
Bu tizimning ajralmas qismlaridan biri korxonalarni tashhislash jarayonidir. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida korxonalarda, aynan shu tizimni 
kamchiliklardan xoli faoliyat yuritishi korxonaning muvaffaqqiyatli biznes kaliti va uni 
yo‟lga qo‟yish muhim tadbir ekanligi davr talabiga aylandi. Keyingi vaqtlarda bozorning 
va umuman iqtisodiyotning tezkorlik bilan o‟zgarishi jarayonida korxonalar ham shu 
tezlikda ildamlik bilan harakat qilishlari, aks holda esa qarorlarning kech qabul qilinishi 
natijasida ishlab chiqilgan mahsulotning raqobatbardoshligini pasayib ketishi ayni 
haqiqatdir[6]. 
Davlatning inqirozga qarshi choralarini qaysi yo‟nalishda bo‟lishi iqtisodiyotni 
tubdan tahlil qilish va aniq vaziyatlarga asosan baholashga bog‟liq. Choralar qanchalik 
darajada aniq ishlab chiqilsa, uning samaradorligi ham shunchalik yuqori bo‟ladi. 
Inqirozga qarshi choralarning maqsadi va joriy vaziyatga oid holatdan kelib 
chiqib, ular myayyan yo‟nalish va strategiyaga asoslangan bo‟ladi. Bankrotlik 
jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning manfaatlaridan kelib chiqib, inqirozga qarshi 
choralar:
1.Kreditorlar manfaatlarini himoya qilishga. 
2.Qarzdor ma‟nfaatini himoya qilishga qaratilgan bo‟ladi. 
Mazkur yo‟nalishlar jahonning eng rivojlangan davlatlari tomonidan sinalgan 
bo‟lib, AQSH, Fransiya va Yaponiya tajribasida inqirozga qarshi choralar qarzdorga 
qaratilgan va shu sababdan ham, ularning maqsadi qarzdorni sog‟lomlashtirish 
hisoblanadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə