Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy


“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
sxema

 
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил 
www.iqtisodiyot.uz
keladi hamda bozor ishtirokchilari o‟rtasidagi sog‟lom raqobat muhitini shakllantiradi. 
Natijada bozor ishtirokchilari faoliyatida bankrotlik jarayonlari faollashadi. 
Prezidentimiz o‟z ma‟ruzasida alohida qayd etganlaridek, «2010-yilda va keyingi 
yillarda bank tizimida ipoteka va iste‟mol kreditlari bo‟yicha qaytarilmagan kreditlar 
hajmining o‟sishi oqibatida bankrotlikning yangi to‟lqini xavfi vujudga kelishi 
mumkin». Darhaqiqat, inqiroz xatari jahon iqtisodiyotiga tahdid solib
 
kelmoqda. Bu 
jihat sanoat korxonalarida iqtisodiy nochorlikka, bankrotlikka qarshi chora-tadbirlar 
faolligini oshirishni talab etadi. 
Bugungi kunda ba‟zi sanoat korxonalarida iqtisodiy nochorlikka, bankrotlikka 
qarshi boshqaruv siyosati yo‟lga qo‟yilgan bo‟lsa-da, bu holat inqirozga qarshi 
boshqaruvning zamonaviy talablariga to‟liq javob bermaydi. Ta‟kidlash joizki, 2009-
2013-yillarda samarasiz ishlayotgan 172 ta korxona tijorat banklari balansiga o‟tkazildi. 
Ularning 112 tasida ishlab chiqarish faoliyati tiklandi va yangi mulkdorlarga sotildi. 
Banklar balansida qolgan korxonalarning 43 tasida esa ishlab chiqarish faoliyati tiklandi, 
yana 17 ta korxonada bu borada ish olib borilmoqda.[2] 
Fikrimizcha, mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy nochor 
korxonalarni sog‟lomlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy nochor 
korxonalarni o‟z vaqtida aniqlash, tahlil etish, sog‟lomlashtirish chora-tadbirlarini 
amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiy ko‟rsatkichlari o‟sishida, aholi turmush tarzini 
yaхshilanishida, ishsizlik masalasi, jahon standartlariga mos, raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish kabi masalalarni ijobiy hal etilishida yordam beradi. 
Mavzuni yoritib berish uchun restruktrizatsiya, bankrotlik, sanatsiya shu va 
shunga o‟xshash bir qancha terminlar ma‟nosi, ularning ahamiyati, korxona faoliyatida 
bankrotlik holatlarini tahlil qilish, qanday sharoitda qo‟llash kabi masalalarga oydinlik 
kiritish maqsadida, ularni nazariy jihatdan yoritish maqsadga muvofiqdir. 2002- yildan 
boshlab respublikamizda 120 dan ortiq iqtisodiy nochor va past rentabelli yirik sanoat 
korxonalarida moliyaviy sog‟lomlashtirish va restrukturizatsiya ishlari olib 
borilmoqda[3]. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə