Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yollari


-mavzu: Kapital qo‘yilmalar va kapital bozori



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə32/32
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#163589
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
mikroiqtisodiyot m.ish

15-mavzu: Kapital qo‘yilmalar va kapital bozori
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya′ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya′ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo`lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o`tkaziladi deb qaraydigan bo`lsak, har yilgi daromaddan 100000 so`mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi. Aylanma kapital bir yil davomida o`zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o`tkazib qayta tiklanadi.
Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog`liqdir. Kelajakda ko`proq daromad olish ishtiyoqi ko`pchilikni bugungi iste′molining bir qismidan voz kechib, uni jamg`arishga undaydi. Jamg`arilgan mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma`lum muddatga qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti 310 bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi. Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma`lum muddat oralig`ida foydalanganligi uchun to`lanadigan narxdir.
Kapitaldan foydalanishni tahlil qilganda bugun sarflangan mablag`ni kelajakda sarflanadigan mablag` bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad bilan kelajakda olinadigan daromadni taqqoslash muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda vaqt omilini e`tiborga olish kerak bo`ladi. Bugungi sarflangan bir so`m bir yildan keyin sarflanadigan bir so`mga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish uchun, avval ularni bir vaqtga keltirish zarur bo`ladi. Turli xil yillardagi xarajatlarni yoki daromadlarni bir yilga keltirishda diskont ko`paytiruvchisidan foydalaniladi.
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang`ich vaqtga keltirish hisobkitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng qo`llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo`ladigan xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to`g`ri keladi. Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik bo`ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya′ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz bo`yicha qo`shimcha daromad olish mumkin. Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda qo`yilgan kapital mablag`lar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin olinadigan daromadlarni solishtirish zarur bo`ladi. Buning uchun joriy xarajatni va kelajakda olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak
Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi. Investitsiya - daromad olish uchun qo`yiladigan kapital mablag`. Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to`ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi. Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o`sishidir. Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish. Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi. Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash
Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi). Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o`zini oqlash koeffisienti r dan va ssuda foizi i dan foydalaniladi. Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffisientidan ssuda stavkasi foizini ayirirsh orqali aniqlanadi:r=r-i,bu yerda r-chekli sof qoplash ;i-ssuda stavkasi foizi .Agar r=i bo’lsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal bo’ladi


Do`konlarning sotish quvvati (bir kunlik), kg

Umumiy investitsiya (kapital mablag`i sarfi), so`m


Chekli investisiya, so`m


Kapitalga to`lanadigan chekli foiz, so`m


Chekli sotish xarajatlari, so`m


Chekli umumiy xarajatlar, so`m (MC)


Investitsiyadan olinadigan daromad, so`m (MR)


Chekli foyda, so`m


1000

100000

100000

10000

5000

115000

120000

5000

2000

200000

100000

10000

7500

117500

120000

2500

3000

300000

100000

10000

10000

120000

120000

0

4000

400000

100000

10000

12500

122500

120000

-2500

5000

500000

100000

10000

15000

125000

120000

-5000



Bir yillik ivestitsiya qaytimlari
Ishlab chiqarish masshtabi oshishi bilan birga chekli xarajat ham oshib boradi, shuning uchun ham MC chizig`i musbat yotiqlikka ega. Chekli daromad 120000 ga teng bo`lganligi uchun MR chizig`i 120000 nuqtadan o`tib abtsissa o`qiga parallel bo`ladi. MC chizig`i bilan MR chizig`ining kesishgan nuqtasi maksimal foydani ta`minlaydigan optimal sotish quvvati 3000 kg ga teng ekanligini aniqlaydi.
r=

Sotish quvvati, kg


r - chekli qoplash normasi, %


Ssuda foizi stavkasi i , %


Investitsiyani chekli sof qoplash normasi (r) , %


1000

15,0

10,0

5,0

2000

12,5

10,0

2,5

3000

10,0

10,0

0,0

4000

7,5

10,0

-2,5

5000

5,0

10,0

-5,0


Sotish quvvati, kg


r - chekli qoplash normasi, %


Ssuda foizi stavkasi i , %


1000

15,0

10,0

5,0

2000

12,5

10,0

2,5

3000

10,0

10,0

0,0

4000

7,5

10,0

-2,5

5000

5,0

10,0

-5,0

Endi chekli qoplash normasi koeffisienti r ni va ssuda foiz stavkasi i bilan taqqoslaymiz


Bir yillik qo`yilgan investitsiyaning chekli oqlash normasi
Sotish masshtabi oshishi bilan o`zini oqlash normasi 15 foizdan 5 foizga tushadi. i = r bo`lganda, investitsiyadan olinadigan daromad maksimallashadi, ya′ni sotish hajmi 3000 kilogrammga etadi.
15
10
5
1000 2000 3000 4000 5000
i,r
Q
I=10%
Kapitalning chekli qoplash normasi
Ssuda foizi stavkasi o`zgarmas bo`lib 10% ga teng bo`lgani uchun, uning chizig`i abtsissa o`qiga parallel joylashadi. Chekli oqlash normasi do`konlarning sotish quvvatiga qarab o`zgaradi, ya′ni r sotish masshtabi oshishi bilan pasayib boradi. Chekli oqlash normasi chizig`i investitsiyaga bo`lgan talab chizig`ini ifodalaydi. Talab chizig`idan ko`rish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, kapitalga bo`lgan talab shuncha kam va aksincha, foiz stavkasi qancha past bo`lsa, kapital mablag`ga bo`lgan talab shuncha yuqori bo`ladi. Foydani maksimallashtiradigan sotish hajmi i = r bo`lganda 3000 kilogrammga teng bo`ladi.
Asosiy kapitalga qo`yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo`ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya′ni undan foydalanish muddati mavjud bo`lib, u chegaralangan bo`ladi. Asosiy kapital xizmat ko`rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi. Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qo`yilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat ko`rsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak bo`ladi
Investitsiya qo`yishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin bo`ladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni (NPV) ishlatiladi. Bu mezonga ko`ra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo`lsa, investitsiya amalga oshiriladi





[2]Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.. –P.-133

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə