Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yollari


-mavzu: Raqobat va yakka xokimlik.  Monopolistik va oligopolistik bozorlar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə26/32
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#163589
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
mikroiqtisodiyot m.ish

12-mavzu: Raqobat va yakka xokimlik.  Monopolistik va oligopolistik bozorlar
RAQOBAT VA YAKKA HOKIMLIK
Bozor mеxanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», dеb ta’kidlaydi1. Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan jihatlarni yoritib bеrish mazkur bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdеk, monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi bayon etiladi. XIV Bob. RAQOBAT VA YAKKA HOKIMLIK
14.1. Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari
Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan
bozor, yoki o`rnini bosadigan tovar bo`lmagan tovarni sotadigan yagona
sotuvchi bo`lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma
bo`lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga
teng bo`lgan bozor. Sof monopoliya va raq obatlashgan bozor bir-biriga
teskari bozorlar hisoblanadi
Monopsoniya - xaridor bitta bo`lib, sotuvchilar ko`p bo`lgan bozor.
Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor
uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo`ladi. Agar
tarmoqda faqat ikkita firma faoliyat ko`rsatsa, bunday oligopolik xususiy
holga duopoliya deyiladi. Agar biz bozor taklifi va talabining har xil
shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada
ko`payadi.
14.2. Sof monopoliya va bozor hokimiyati
Raqobatlashgan bozorda juda ko`p sotuvchilar va xaridorlar
qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta`sir
qilaolmaydi, narxni bozorning o`zi talab va taklifga ko`ra shakllantiradi.
Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko`ra
qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi
bo`yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning
aksi bo`lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko`plab xaridorlar qatnashadi. Sof
monopolistning raqobatchisi yo`q.
Sof monopoliya mahsulot o`rnini bosadigan boshqa mahsulot
bo`lmagan hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy
bozorlarda bitta mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan -kam
uchraydi. Sof monopoliya ko`proq mahalliy bozorlarga xos bo`ladi.
Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, yagona telefon stantsiyasi,
yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo`lmasa mahalliy kommunal
xo`jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub`ektlar bozor sharoitida narxga
ta`sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta`sir qiluvchi yana bir omil
bu - tarmoqqa kirish to`siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni
sotishdan tushadigan iqtisodiy foyda yuqori bo`lsa, bu raqobatlashgan
bozor sharoitida boshqa firmalarni ham shu bozorga kirib kelishi uchun
signal bo`lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu
boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga undaydi.

Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi


bo`lgan firmalar uchun maxsus to`siqlar bo`lishini taqazo qiladi.
Tarmoqqa kirish to`siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa
sotuvchilarni kirib kelishini to`xtatuvchi cheklanishlar.
Tarmoqqa kirish to`siqlaridan quyidagilarni ko`rsatish mumkin.
1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy
hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko`rsatish, pochta xizmati
ko`rsatish, kommunal xizmati ko`rsatish va aloqa xizmati ko`rsatish
bo`yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to`siqlar yaratadi.
2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar
uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni
sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq
beriladi. Lekin bunday huquq ma`lum muddatgacha kuchga ega bo`ladi.
AQSH da patent qonuniga ko`ra ixtirochi o`z ixtirosiga 17 yil egalik
qiladi.
3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan,
Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta
ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat q ilgani uchun, olmos bozorida
monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob
qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi.
Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham
tarmoqqa kirish uchun to`siq bo`lishi mu mkin. Masalan, avtomobil` zavodi
ma`lum miqdorda avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning
umumiy xarajatlari minimal bo`ladi.
Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo`ladi,
qachonki u o`zining sotadigan tovari narxiga ta`sir qilaolsa, ya`ni
o`zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o`rnini bosuvchi
tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi.
Monopol hokimiyatga ega bo`lish uchun firmaning sof monopolist bo`lishi
shart emas. Firma mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i raqobatlashgan
bozordagiday garizontal bo`lmasdan, pastga yotiq bo`lishi kifoyadir. Agar
talab chizig`i pastga yotiq bo`lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki
kamaytirib, mahsulot narxini o`zgartirishi mumkin.
Monopol bozor - bu faqat bitta kompaniya jamoatchilikka mahsulot va xizmatlarni taklif qilishi mumkin bo'lgan bozorni tavsiflovchi nazariy tuzilma. Monopol bozor - bu cheksiz miqdordagi firmalar faoliyat ko'rsatadigan mukammal raqobatbardosh bozor. Sof monopolistik modelda monopoliya firmasi ishlab chiqarishni cheklab qo'yishi, narxlarni ko'tarishi va uzoq muddatda super normal foyda olishlari mumkin.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə