Ma’mun unversiteti tarix geografiya yo’nalishi talabasi kenjayeva marjonaning tari



Yüklə 14,62 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü14,62 Kb.
#135068
1   2   3   4
Dinora

1510 yilda Erondan orqaga qaygan Shayboniyxon uning izidan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlari bilan jangga kirishdi. Marv yaqinida bo‘lib o‘tgan bu jangda Shayboniyxonning kam sonli qo‘shinlarimag‘lubiyatga uchradi hamda zamondoshlari tomonidan “Xalifa ur-Rahmon va Imom az-Zamon” deb ulug‘langan Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon bu jangda halok bo‘ldi.

  • 1510 yilda Erondan orqaga qaygan Shayboniyxon uning izidan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlari bilan jangga kirishdi. Marv yaqinida bo‘lib o‘tgan bu jangda Shayboniyxonning kam sonli qo‘shinlarimag‘lubiyatga uchradi hamda zamondoshlari tomonidan “Xalifa ur-Rahmon va Imom az-Zamon” deb ulug‘langan Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon bu jangda halok bo‘ldi.
  • Marv yaqinidagi g‘alabadan so‘ng Shoh Ismoil Shayboniylarga qarshi kurashda temuriy shahzoda Zahiriddin Bobur bilan ittifoqchilikni taklif etdi. Undan tashqari, Shayboniyxon o‘limidan keyinoq o‘zbek sultonlari orasida boshlangan kelishmovchiliklar davlatni zaiflashuviga olib keldi hamda shayboniylar keyingi janglarda mag‘lubiyatga uchray boshladilar. Natijada Huroson va Xorazm qo‘ldan boy berildi.

Muhammad Shayboniyxonning vafotidan so‘ng davlatdagi markaziy hokimiyat anchagina zaiflashdi. Beklar (amirlar) va sultonlarning ko‘pchiligi Shayboniyxondan keyingi bir nechta xonlarga nomigagina bo‘ysundilar. Shayboniyxon vafotidan so‘ng uning jiyani Sulton Mahmudning o‘g‘li Kuchkunchixon (1510-1530 yy.) taxtga o‘tirdi. Aynan Kuchkunchixon davrida sultonlarning mustaqilligi kuchaya borib, ular orasida Buxoro mulki hukmdori Ubaydulla Sultonning obruyi ancha baland edi. Kuchkunchixondan keyingi hukmdor Abu Sa’id (1530-1533 yy.) ning qiska hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o‘rtasidagi nizolar yanada kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi va Turkiston yerlari parchalana boshladi.

  • Muhammad Shayboniyxonning vafotidan so‘ng davlatdagi markaziy hokimiyat anchagina zaiflashdi. Beklar (amirlar) va sultonlarning ko‘pchiligi Shayboniyxondan keyingi bir nechta xonlarga nomigagina bo‘ysundilar. Shayboniyxon vafotidan so‘ng uning jiyani Sulton Mahmudning o‘g‘li Kuchkunchixon (1510-1530 yy.) taxtga o‘tirdi. Aynan Kuchkunchixon davrida sultonlarning mustaqilligi kuchaya borib, ular orasida Buxoro mulki hukmdori Ubaydulla Sultonning obruyi ancha baland edi. Kuchkunchixondan keyingi hukmdor Abu Sa’id (1530-1533 yy.) ning qiska hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o‘rtasidagi nizolar yanada kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi va Turkiston yerlari parchalana boshladi.
  • O‘zaro urushlarga birmuncha barham berishga erishgan Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo‘lgan bo‘lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o‘zbek davlatining oliy hukmdori etib saylanadi. Ubaydullaxon paytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chiradi. O‘sha paytda Samarqand hukmdori bo‘lgan Kuchkunchixonning o‘g‘li Abdulla Sulton ham Ubaydullaxon hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • 1.Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil
  • 2. Ahmedov.B. Tarixdan saboqlar. Toshkent, 1994 yil
  • 3. Axmedov.B. O‟zbek ulusi. Toshkent, 1992 yil
  • 4. Bobur.Z.M. Boburnoma. Toshkent, 1989 yil

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 14,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə