|
![](/i/favi32.png) Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlarmanaviyatshunoslik mustaqil talim12. Badiiy qadriyatlar:
- xalq og‘zaki ijodi (asotir, afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq,
latifa, lof, xalq dramasi, askiya);
- xalq tasviriy va amaliy san’ati (xalq yaratgan badiiy-estetik san’at namunalari,
xalq teatri, xalq musiqiy san’ati);
- ijtimoiy tarixiy taraqqiyot jarayonida paydo bo‘lgan, rivojlangan, qadriyat
darajasiga ko‘tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy faoliyatdagi
ilg‘or tajribalar yig‘indisidan iborat.
xalq og‘zaki ijodining ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib etishdagi ta’sir kuchi,
unda xalqning o‘zligi, milliy xarakter hususiyatlarining ochib berilishi bilan
xarakterlanadi va ularda xalqning g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, badiiy-estetik,
ekologik, iqtisodiy, diniy, aqliy, jismoniy madaniyati mazmuni, ma’naviy talab va
ehtiyojlari, orzu-umidlari, ta’lim-tarbiya shakl, usul va vositalari o‘z ifodasini
topgan.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida chuqur ilmiy asoslangan bo‘lsa-da, ma’naviy
qadriyatlarning ikkala guruhiga mansub barcha qadriyatlarning poydevori
(insonparvarlik, bilimdonlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, kattalarga hurmat,
rostgo‘ylik, mehmondo‘stlik va boshqalar) o‘z aksini topgan.
Doston xalq ma’naviy qadriyatlarining qorishiq holda mujassamlashtirilgan
xalq og‘zaki ijodi shakllaridan biri bo‘lib, unda folklor, musiqa, teatr, she’riyat kabi
badiiy-estetik qadriyatlar umumlashtirilgan. Dostonlarda yuksak insoniy fazilatlar
baxshilar tomonidan badihago‘ylik yo‘li bilan tinglovchilarga yetkaziladi, uning
hissiy ta’sir kuchi orqali sharq xalqlarining chatishib ketgan falsafiy, diniy, axloqiy
qarashlari, urf-odatlari, turmushi badiiy tafakkur qilinadi. Dostonlarning tarbiyaviy
va ma’rifiy ahamiyati yuksak go‘zallikka, baxt-saodatga erishishning birdan-bir
yo‘li maqsad sari qat’iy intilishdan, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan
iborat.
|
|
|