ijtimoiy manfaatiga, ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy
boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘lib,
unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, axloq,
dindagi real dunyoviy
ta’limotlar hurfikrlik va boshqalar kiradi.
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi. balki sifat
jihatdan yangi ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki
dunyosiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloq-odobini ezgulik sari
yetaklaydi.
Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so‘ng
umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo
xalqlarining o‘tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy merosi bunga misol bo‘la oladi.
Ma’naviy merosimiz jihatidan jahonda oldingi o‘rinlardan birini egallaymiz.
Birinchi Prezident
Islom Karimov qayd etganidek, “beshafqat davr sinovlaridan
omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz
xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlangan
tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya,
astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asarlar bizning beqiyos
ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq
dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli
mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin”
1
. Bularning hammasi Turon
zaminida yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy,
tarixiy
merosidirkim, endi bu nodir ma’naviy merosimizni jiddiy o‘rganish, xalqimizga
yetkazish davri keldi.
Madaniyat, ma’naviy va madaniy meros, ma’naviyat rivoji insoniyat
sivilizatsiyasi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ularni bir-biri bilan aralashtirib
yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. sivilizatsiyaning o‘zi insoniyatning madaniyati va
ma’naviyati taraqqiyoti bosqichlarida ro‘y beruvchi sifat jihatidan yangi bosqichi
bo‘lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. s
ivilizatsiya
– ma’lum bir
tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo‘lga
kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Sivilizatsiyaning
madaniyatdan farqi shundaki, u o‘ziga xos bo‘lgan,
o‘zgalardan tubdan farq qiladigan, ammo o‘z davri taraqqiyotida takrorlanmas iz
qoldiradigan fan, madaniyat, texnika, ijtimoiy ong, ma’naviyat va boshqa
sohalardagi yuqori ko‘rsatkich sanaladi. Uning
xarakterli tomoni shundaki, u
o‘zidan oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi, unga o‘xshamagan
o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi jarayon hisoblanadi.
Sivilizatsiya har bir xalqning yohud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga
xos tarixiy-madaniy rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti
hisoblanadi.
Madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson
ma’naviyatining
rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqilikning dastlabki kunlaridanoq
o‘tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi.
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: Sharq, 1998, 2-bet.
Mafkura – umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan
g‘oyalar birligidir. Ammo uning ildizlari har bir insonning vijdonida, imonida, aql-
idroki va tafakkurida. Shu bois, haqiqiy, hayotiy chuqur, insoniy mafkurasi bor xalq,
mamlakat va jamiyat qudratlidir.
Dostları ilə paylaş: