Manbashunoslik va tarixshunoslik


MAVZU-5:  O’RTA OSIYONING XVI-XIX ASRLAR TARIXIGA OID



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/135
tarix30.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#166959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

MAVZU-5: 
O’RTA OSIYONING XVI-XIX ASRLAR TARIXIGA OID
YOZMA MANBALAR.
Reja
1.
XVI-XIX asrlar tarixiga oid fors-tojik tilidagi yozma manbalar. 
2.
XVI-XIX asrlar tarixiga oid eski o’zbek tilidagi yozma manbalar. 
3. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari tarixiy manba sifatida 
.
 XVI-XIX asrning birinchi yarmiga oid o‘zbek tilidagi manbalar

Temuriylar davridan boshlab Movaraunnaxrning ijtimoiy-siyosiy va madaniy 
xayotida turkiy (eski o‘zbek) tilining nufuzi va axamiyati ortib bordi. XVI asrdan 
boshlab eski o‘zbek tilida xam ilmiy asarlar yaratila boshlandi. Bu tilda tarixiy 
asarlar vujudga kela boshladi. Ayniqsa SHayboniylar xukmronligi davridan 
boshlab tarix ilmi bobida o‘zbek tilida yozilgan asarlarniig soni tobora ortib bordi. 
O‘zbek tilida bitilgan tarixiy asarlar SHayboniylar davlati, Xiva va Qo‘qon 
xonliklari tarixiga bag‘ishlangan edi 
XVI asrning boshida eski o‘zbek tilida yozilgan muxim tarixiy 
manbalardan biri "Tavorixi guzude», «Nusratnoma" "Tanlangan tarix» «Falsafa 
kitobi" xisoblanadi. Muallifi nomalum. SHu narsa aniqki, asar
SHayboniyxonning topshirig‘i bilan saroyga yaqin bo‘lgan tarixnavislardan biri 
tomonidan yozilgan. Asar ikki mustaqil qismdan-"Tavorixi guzide" va
"Nusratnoma»dan iborat. Birinchi qismda O‘g‘izxon va qadimgi turklar,
CHingizxon va uning avlodlari tarixi, ikkinchi qismida esa SHayboniyxon 
tavalludidan to uning Movarounnaxrni istilo qilishigacha Dashti Qipchoq va
O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon qilinadi.
Asarning "Nusratnoma" qismi muxim qimmatga ega. Unda SHayboniyxon
qo‘shinining tuzilishi, uning etnik tarkibi, shuningdek ko‘chmanchilarning
Movarounnaxr viloyatlariga qilgan yovuzliklari to‘g‘risida qimmatli 
malumotlar bor. SHuni xam ta’kidlab o‘tish kerakki, ko‘chmanchi o‘zbeklar 
tomonidan Farg‘ona viloyatining bosib olinishi faqat "Nusratnoma"da to‘la va
to‘g‘ri yoritilgan. 
Tarixchi olim Abdullox Nasrulloxni 1525 yilda «Zubdat al-asar» («Solnomalar 
sarasi») nomli kitob yozgan. Umumiy tarix tipida yozilgan bu asarning so‘nggi XI 
qismi original xisoblanadi. Unga XVI asrning birinchi choragida Xuroson va 
Movounnaxrda sodir bo‘lgan voqealar bir muncha keng yoritilgan. 


29 
XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan 
atoqli shoirlardan biri Muxammad Solix xisoblanadi. Muxammad Solix Temurga 
yaqin bo‘lgan amirlardan biri SHoxmalikning nabirasi bo‘lgan. Uning otasi xam 
Temuriylarga xizmat qilgan, lekin qaysidir gunoxlari uchun u Abu Said tomonidan 
qatl etilgan. SHu boisdan Muxammad Solix yoshligidan ko‘p qiyinchiliklarga 
duchor bo‘ldi. Keyinchalik Xusayn Boyqaro saroyida bir necha yil xizmat qildi, 
lekin iltifot ko‘rmadi. SHuning uchun xam taxminan 1499 yilda Muxammad Solix 
SHayboniyxon xizmatiga kiradi. SHayboniyxon uni iltifot bilan kutib olib, "malik 
ush-shuaro" unvonini beradi. Muxammad Solix SHayboniyxonning bir necha 
yurishlarida unga xamkorlik qildi. Muxammad Solix o‘zining asosiy asari bo‘lgan 
"SHayboniynoma" dostonida SHayboniyxonning 5-6 yillik daxshatli yurishlarini 
tasvirlaydi. Asarda tendensioz rux kuchli. Muallif SHayboniyxon va uning 
atrofidagi kishilarni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi, Temuriylarni esa kamsitib, ularni 
xaqorat qilish darajasiga etib boradi. Biroq, bazi nuqsonlarga qaramay, bu asar 
SHayboniyxonning yurishlarini xaqqoniy aks ettiruvchi jangnoma tipidagi yirik 
dostondir. 
XV asrning oxiri va XVI asrning boshlariga doir muxim tarixiy manbalardan 
biri "Boburnoma" xisoblanadi. Boburning bu asari o‘zining obektivligi bilan 
ajralib turadi. Bobur shox xamda fozil va olim kishi bo‘lganligi buning asosiy 
sababidir. 
XVII asrning yirik tarixchi olimi va davlat arbobi Abulg‘oziy 
Baxodirxondir. Murakkab taqdir soxibi bo‘lgan Abulg‘oziy keng 
ma’lumotli kishi bo‘lgan. O‘zining yozishicha, u uch soxada-xarbiy, she’riyat 
va tarix soxasida chuqur bilim egasi bo‘lgan. Abulg‘oziydan 2 ta tarixiy asar
qolgan. Bular "SHajarayi tarokima" va "SHajarayi turk" nomli asarlardir.
"SHajarayi tarokima" turkman xalqining kelib chiqishi xaqida baxs yuritadi.
"SHajarayi turk" ("SHajaraiy turk va mug‘ul" deb xam ataladi») kitobi esa 
muqaddima va 9 bobdan iborat. Abulg‘oziy asarning 7, 8 va 9-bobning bir
qismini yozib ulgurgan, xolos. 1-6-boblar va 9-bobning davomi (1644-
1664 yillar voqealari) Anushaxonning topshirig‘i bilan Maxmud ibn Mulla 
Muxammad Urganjiy ismli ulamo tarafidan yozilgan. Muallif o‘z
kitobini tarif etishda CHingizxon va uning avlodlari tarixiga bag‘ishlangan 18 
ta asardan foydalanganligini aytib, ulardan SHarafuddin Ali YAzdiyning
"Muqaddimayi Zafarnoma" va Rashiduddinning "Jome ut-tavorix" nomli
asarlarini eslatib o‘tadi. Asarning original qismi xisoblangan 8 va 9 boblarini 
yozishda muallif o‘zi bilgan va so‘rab-surishtirib to‘plagan
ma’lumotlardan keng foydalangan. Asarning original qismida XVII
asrning birinchi yarmida Xiva xonligidagi siyosiy voqealar batafsil bayon
qilingan. 
Abulg‘oziy Xorazmda o‘ziga xos tarixnavis maktabiga asos soldi, desak 
bo‘ladi. XVIII va XIX asrlarda bu tarixnavislik an’anasini shoir va tarixchi olimlar 
Munis va Ogaxiylar davom ettirdilar. 
SHermuxammad ibn Avazbiy Munis (1778-1829) Xivadagi madrasalarda 
taxsil olib. 1800 yildan boshlab xon saroyida kotib bo‘lib xizmat qilgan. U 1806 


30 
yilda Eltuzarxonning topshirig‘i bilan "Firdas ul-iqbol" "Jannat bog‘i" asarini yoza 
boshladi. Lekin bu asar ayrim sabablarga ko‘ra tugallanmay qolgan. 
Muxammad Rizo Erniyozbek Ogaxiy xam asli xorazmlik bo‘lib, Munisning 
jiyani edi va tog‘asining tarbiyasini olgan edi. Munis vafotidan so‘ng u saroyni tark 
etib, ota kasbi miroblik bilan kun kechirgan. Ogaxiy iste’dodli shoir, tarixnavis va 
tarjimon sifatida mashxurdir. U tog‘asi boshlagan "Firdas ul-iqbol"ni nixoyasiga 
etkazdi. Undan tashqari Ogaxiy "Riyoz ud-davla" ("Davlat bog‘i"), '"Zubdat ut-
tavorix" ("Tarixlar sarasi"), "Jome ul-voqeoti sultoniy", "Gulshan ul-davla" kabi 
asarlar yozgan. Ogaxiy 19 ta asarni fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
"Ravzat us-safo", SHarofuddinning "Zafarnomasi», Vosifiyning «Badoe ul-voqoe» 
asarlari shular jumlasidandir. 
«Firdavs» ul-iqbol" Xorazmning qadim zamonlardan to 1825 yilgacha 
bo‘lgan tarixini o‘z ichiga oladi. Asar muqaddima va besh bobdan iborat. Munis va 
Ogaxiylarning mazkur asarining axamiyati shundaki, unda Xorazmning qariib 300 
yillik tarixi (1511-1825) yaxlit, xronologik tarzda bayon etilgan Asar turli 
mazmundagi faktik materiallarga nixoyatda boy. 
XIX asrda tarixnavislik maktabi Qo‘qonda xam vujudga keldi. O‘zbek tilida 
yozilib, Qo‘qon xonligining XIX asrning o‘rtalaridagi siyosiy axvolini o‘zida aks 
ettirgan asarlardan biri "Ansob us-salotin va tazorix ul-xavokin" kitobidir. Mazkur 
asarning muallifi Mirza Mushrif Toshkandiyning biografiyasiga doir ma’lumotlar 
ko‘p emas. Lekin uning nisbasidan xon saroyida xizmat qilganligini taxmin qilish 
mumkin. Asarda Farg‘onaning XV- XIX asrlar tarixi yoritilsada, ammo 1842-1875 
yillar voqealari bayoni original axamiyatga ega. 
SHunday qilib, XVI-XIX asrlar tarixi o‘zbek tilida bitilgan qator tarixiy 
asarlarda o‘zining aksini topgan. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarixiy asarlarning 
ko‘pchiligi ilmiy jixatdan o‘rganib chiqilib, nashr etilgan. 

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə