Manbashunoslik va tarixshunoslik


Esdaliklar, Kundaliklar va Maktublar



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/135
tarix30.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#166959
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
Esdaliklar, Kundaliklar va Maktublar
Tarixiy shaxslarning xayoti va faoliyatini, ularning ma’naviy qiyofasini 
gavdalantirishga xalq turmushining maishiy tomonlarini yoritishda esdaliklar
kundaliklar va maktublar muxum rol o‘ynaydi. Komil YAshinning «YOdnoma», 
Komil YOrmatovning «Qaytish», T.N. Qoriniyoziyning «Xayot maktabi»,
Xabibullo Qodiriyning «Otam xaqida», Asil Rashidovning «Akam xaqida», 
N.A.Muxiddinovning «Kremlda o‘tgan yillarim», Said Olimxonning «Buxoro 
xalqining xasrati tarix», S.Ayniyning «Buxoro inqilobi tarixi» nomli esdaliklarida 
sovet davri tarixi turli nuqtai-nazardan va pozitsiyalardan turib jonli tarzda 
yoritiladi. Maskur esdaliklardan ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish o‘tmishni 
yanada teranroq tushinib etish imkoniyatini beradi. Memuar manbalarga xos 
bo‘lgan muxum xususiyat-bu ularning sub’ektivligidir. Faktlarni bayon qilish va 


45 
taxlil etishda muallifning shaxsiy xislatlari va dunyoqarashi va siyosiy qiyofasi 
o‘z aksini topadi. Esdaliklarning yana bir xususiyati bu ularning ko‘p xollarda bir 
yoqlamaligidir. Bu hol ko‘pincha muallifning egallab turgan vazifasi, mansabi va 
tasvirlanayotgan voqealar aloqadorligiga bog‘liqdir. Esdaliklar mualliflari 
ko‘pincha voqealarni to‘g‘ri bayon etmaydi. Esdaliklarda ba’zi voqea 
xodisalarning qasddan «unitib qolishi» yoki mavjud bo‘lmagan faktlar «esga 
tushishi» extimoldan xoli emas. Ayrim mualliflar o‘tmish voqealarga yangicha 
yondashishni istamaydilar. (Komil YAshinning «YOdnoma»), boshqalari esa 
o‘tmishni modernizatsiya (yangilash) qilishga urinadilar. SHu boisdan tadqiqotchi 
esdaliklarda bayon etgan mateiallarni sinchkovlik bilan taxlil etishlari kerak.
Memuar manbalarning yana bir turi kundaliklardir. Kundalik deganda biz 
voqealar jarayonida muallifning o‘z fikr muloxazalarini yozib borishini 
tushunamiz. Taasurotlar doirasi ko‘pincha muallifning ko‘rgan-kechirganlari bilan 
cheklanadi. Kundalik yozuvlarda ko‘pincha zamondosh shaxslarning jonli va 
yorqinli qiyofalar gavdalanadi. Mazkur manba muallifning ichki dunyosini bilib 
olish imkoniyatini beradi, voqealar bayoniga jonli tus beradi. Lekin shuni ham 
ta’kidlab o‘tish kerakki, bu davrda O‘zbekistonda kundaliklar yozish keng 
tarqalmagan edi.
Xatlar (maktublar) ham memuar manbalar qatoriga kiradi. Ularning kundalik 
bilan o‘xshash tomoni ko‘p. Maktublar, asosan voqealar jarayonida yoziladi. Ular 
odamlarning o‘zaro muloqot qilish vositasidir. Xatlar odatda kundaliklagar
nisbatan kengroq funksiyalarni bajaradi. SHaxsiy muqotaba orqali odamlar
ma’lum masalalar bo‘yicha fikr almashib oladilar. Xatlarni o‘qiganimizda ko‘p 
voqealardan xabardor bo‘lamiz. Muallifning qiyofasi va dunyoqarashi ko‘z 
o‘ngimizda qiyofalanadi. Masalan, II-jaxon urushi frontlaridan janchilarimiz 
yo‘llagan maktublarda urushning dahshatli manzaralari, soldat va ofitserlarning 
og‘ir turmushi o‘z aksini topgan. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sovet davri tarixi bo‘yicha nixoyatda boy 
va xilma-xil manbalar mavjuddir. Bu manbalarning ko‘pi sotsialistik mafkura ruxi 
bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsada, ularni tanqidiy ruxda tahlil etish bu davr tarixining real 
manzarasini yaratish imkoniyatini beradi.

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə