Manbashunoslik va tarixshunoslik


Davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlari



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/135
tarix30.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#166959
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlari. 
Sovet davrida ijtimoiy davirda xayotda sodir bo‘lgan xodisalar, turli 
tarmoqlarda erishganlar yutuqlar xamda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar markaziy va 
maxalliy davlat muassasalarining ish yuritish xujjatlarida o‘z aksini topgan.
Respublika vazirliklar va vazirliklarga tenglashtirilgan muassasalar, viloyat, 
shaxar va rayonlarning boshqaruv organlari xujjatlarida u yoki bu soxada, u yoki 
bu mintaqada ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar o‘z ifodasini 
topgan. Qisman nashr qilingan. Asosiy qismi esa markaziy va viloyat davlat 
arxivlarida saqlanayotgan oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari xamda davlat 
muassasalarining ish yurituvchi xujjatlari eng muxim tarixiy manbalar qatoriga 
kiradi. Xisobotlar, ma’lumotnomalar, maktublar va boshqa xildagi xujjatlardan 
iborat bu mansabalarsiz sovet davri tarixining to‘liq manzarasini yaratish mumkin 
emas. 
 
Siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari xujjatlari. 
Sovet davrida O‘zbekistonda yagona partiya O‘zbekiston kommunistik partiyasi 
faoliyat ko‘rsatgan, xolos. Boshqa siyosiy partiyalar Oktyabr to‘ntarishidan 
keyingi dastlabki yillardayoq ta’qiqlab qo‘ygan edi. O‘zbekiston kompartiyasi 
respublika xalqi manfaatlari savot bilan ximoya qilgan mustaqil siyosiy partiya 
bo‘lmasdan KPSS ning bir bo‘lagi xisoblanardi. SHu sababdan O‘zbekiston 
kommunistlari KPSS Markaziy organlari qabul qilgan qaror va ko‘rsatmalarni 
so‘zsiz bajarishga majbur edilar. SHuni eslatib qo‘yish kerakki, KPSS amalda 
xokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plab olgan davlatning oliy organlaridan xam yuqorida 
turgan tashkilot bo‘lgan. Demak, sovet jamiyatida, shu jumladan O‘zbekistonda 
amalga oshirilgan siyosat bevosita kommunistik partiyaning ko‘rsatmalaridan 
kelib chiqar edi. SHunday ekan, sovet davri tarixini to‘g‘ri yoritish uchun KPSS 
va uning O‘zbekistondagi filiali-O‘zbekiston Kompartiyasi xujjatlarini e’tibordan 
chetda chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning xujjatlarini 
e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. KPSS va O‘zkompartiyaning s’ezdlarida, 
konferensiyalarida, markaziy va maxalliy komitetlarning plenumlarida qabul 
qilingan xujjatlar partiya dasturi, qarorlar, murojaatnomalar va boshqalar bu davr 
tarixini teranroq o‘rganish imkonini beradi. 
Sovet davri O‘zbekistonda kasaba uyushmalari yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar 
qo‘mitalari, turli ijodiy va kasbiy uyushmalar (teatr xodimlari uyushmasi
yozuvchilar ittifoqi, sport jamiyatlari, rassomlar uyushmalari va xakozo)lar faoliyat 
ko‘rsatar edi. Bundan qa’tiy nazar, jamoat tashkilotlarining s’ezdlari, 
konferensiyalari va yig‘ilishlarida qabul qilgan qarorlar, ularning dastur va 
murojatnomalari ijtimoiy xayotning turli qirralarini yoritishda muxim o‘rin tutadi. 
Ammo bu uyushmalar xujjatlaridan tanqidiy ruxda foydalanish maqsadga 


43 
muvofiqdir, chunki ularning ko‘pida mazkur tashkilot va uyushmaning faoliyatiga 
ba’zan ortiqcha baxo beriladi. 
Siyosiy partiyalar jamoat tashkilotlarining ayrim xujjatlari nashr qilingan. Rus 
tilida nashr qilingan «Turkiston kompartiyasining s’ezdlari va Markaziy komitet 
plenumlari revolyusiyalari», «O‘zbekiston kompartiyasi s’ezdlarining qarorlari», 
«O‘zbekiston Kompartiyasi fakt va raqamlarda», «O‘zbekiston komsomoli 
s’ezdlari qarorlari» nomli to‘plamlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari 
Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə