Manbashunoslik va tarixshunoslik


Siyosiy partiyalar va tashkilotlar xujjatlari



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/135
tarix30.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#166959
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Siyosiy partiyalar va tashkilotlar xujjatlari.
O‘rta Osiyo Rossiyaga qo‘shib olingandan so‘ng bu erlda turli siyosiy 
tashkilotlar va partiyalar vujudga keldi va faoliyat ko‘rsatdi. Ular o‘z faoliyati 
davrida qator xujjatlar yaratdilar. Bu xujjatlar ularning siyosiy maqsadlari va 
faoliyati yo‘nalishlarini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. Siyosiy tashkilotlar va 
partiyalar xujjatlari ularning dasturi va maromnomalaridan (programmasi va 
ustavidan), ish yuritish xujjatlaridan, varaqalar, muqotiba va boshqalardan 
iboratdir. 
Bunday xujjatlardan dastlabki umumrus siyosiy partiyalarining Turkistonda 
faoliyat ko‘rsatgan tashkilotlarga tegishlidir. Eserlar, sotsial- demokratlar 
(bolsheviklar va mensheviklar), kadetlar va boshqa tashkilotlarning oz bo‘lsada
saqlanib qolgan xujjatlarida ularning bu erda olib borgan faoiliyatining asosiy 
yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. Masalan, eserlar partiyasining 1907 yilda «Sen 


39 
kurashda o‘z erkingni qo‘lga olasan» sarlavxali dexqonlarga qaratilgan o‘zbek 
tilidagi varaqasida partiya siyosatnining asosiy maqsadlari bayon qilingan. XX 
asrning boshlarida Turkistonda maxalliy axoli vakillarini birlashtirgan. Avvalo 
erlik xalq manfaatlarni ximoya qilgan siyosiy tashkilotlar va partiyalar maydonga 
chiqdilar. Bular jadidlar tashkilotlari («Taraqqiyparvarlar firqasi, yosh buxoroliklar 
va yosh xivaliklar partiyalari va xokazo) «SHuroiy islomiya» va «SHuroi ulamo» 
jamiyatlari, Turkiston federalchilar partiyasi va boshqa siyosiy tashkilotlardir. Bu 
siyosiy tashkilotlar xujjatlarining juda oz qismi bizgacha etib keldi. Saqlanib 
qolgan xujjatlar mazkur tashkilotlar va partiyalar faoliyatining eng muxim 
yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Masalan, Turkiston o‘lka musulmonlari Soveti («SHuroi islomi»)ning 1918 yili 
fevralda Turkiston muxtoriyatini bostirish jarayonida Qo‘qonda qizil askarlar sodir 
etgan xunrezlik munosabati bilan chiqargan «Farg‘ona muzofati fuqorolariga» 
nomli murojaatnomasini o‘qisak, biz bu tashkilot o‘lkada tinchlik va osoyishtalik 
millatlararo totuvlik tarafdorlari bo‘lganligini bilib olamiz. Bu xujjat sovet 
«SHuroi islomiya» sha’niga yog‘dirilgan bo‘xtonlarni rad etadi. 

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə