Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

1-surat 
 
 
Juz’iy tasdiq hukm 
son jihatidan juz’iy, sifat jihatidan tasdiqiydir.U lotincha AFFIRMO 
so‘zining ikkinchi unli harfi I bilan belgilanadi. Masalan: Ba’zi talabalar yosh shoirlardir. Ba’zi S-
P dir. Bunda sub’ekt ham, predikat ham bo‘linmagan (2-surat). 

 
 
 S 


2-surat 
Umumiy inkor hukmi
son jihatidan umumiy, sifat jihatidan inkoriydir. U lotincha NEGO 
– inkor etaman so‘zining birinchi unli harfi E bilan belgilanadi. Masalan: Hech bir hodisa sababsiz 
yuzaga kelmaydi. Hech bir S-P emas. Unda sub’ekt ham predikat ham bo‘lingan (3-surat).
 
 
 
 
3-surat
Juz’iy inkor hukmi
son jixatidan juz’iy, sifat jihatidan inkoriydir. U lotincha NEGO 
so‘zining ikkinchi unli harfi O bilan belgilanadi. Masalan: Kursimizning ba’zi talabalari a’lochi 
emas. Ba’zi S-P emas. Bunda sub’ekt bo‘linmagan, predikat esa bo‘lingan (4-surat).
 
 
4-surat 
 
Demak, mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda 
oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan 
foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni 
ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi 
A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi. 
2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni 
ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S–P 
emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. 
3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. 
Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S–Pdir» 
formulasi orqali ifodalanadi. 
4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. 
Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S–P emas» 
bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. 
6. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə