Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Ayiruvchi hukmlar
bir necha buyum va hodisalarning belgilaridan ma’lum birining 
predikatga taalluqligini ko‘rsatadi. U diz’yunktiv hukmlar deb nomlanadi va diz’yunsiya belgisi 
V bilan belgilanadi. AVV. Masalan: talaba imtihonda yo a’lo, yo yaxshi, yo qoniqarli, yo 
qoniqarsiz baho oladi. S-yo P, yo P
1, 
yo P
2, 
yo P

dir.
Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar
mantiqiy kvadrat orqali ifodalanadi. Hukmlar 
o‘rtasidagi munosabatlarning shakliy ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat 
orqali «hukm»lar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. Mantiqiy kvadratning diagonal va 
vertikal chiziqlari burchaklarida son va sifat jihatidan qo‘shilgan to‘rt xil hukmlarning simvolik 
belgilari (AEIO) qo‘yilgan. Bunda hukmlarning to‘rt xil munosabatlari ko‘rinadi (5-surat):
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-surat 
 1. Qarama-qarshilik munosabati. 
Umumiy tasdiq (A) va umumiy inkor (E) hukmlar 
o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bu munosabat qoidasiga binoan, agar bir hukm chin bo‘lsa, unga qarshi 
bo‘lgan hukm yolg‘on bo‘ladi. Ikki qarama-qarshi hukmlar (AE va IO) bir vaqtda chin 
bo‘laolmaydi. Ammo ular bir vaqda yolg‘on bo‘la oladi. Masalan: Barcha a’lochi talabalar 
ilg‘orlardir. A-chin. Hech bir talaba shaxmat o‘yinini bilmaydi. Ye-yolg‘on. 
2. Quyi qarama-qarshilik munosabati 
juz’iy tasdiq(I) va juz’iy inkor (O) hukmlar 
o‘rtasida bo‘ladi. Bunda hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi, ammo bir vaqtda yolg‘on bo‘lmasligi 
mumkin. Masalan: Ba’zi yozuvchilar dramaturglardir. I-chin . Ba’zi yozuvchilar dramaturglar 
emas. O-chin. 
 3. Zidlik munosabati – 
umumiy tasdiq (A) bilan juz’iy inkor (O) va umimiy inkor (Ye) 
bilan juz’iy tasdiq (I) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Bunda hukmlar bir vaqtda chin va yolg‘on bo‘la 
olmaydi, hamma vaqt biri chin, ikkinchisi yolg‘on bo‘ladi. Bunda bir-biriga zid bo‘lgan hukmlar 
o‘rtasida chin hukmlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan: Barcha ilmiy qonunlar ob’ektiv 
xarakterga ega. A-chin. Ba’zi ilmiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega emas. O-yolg‘on. Bu 
hukmlar orasida uchinchi hukmning bo‘lishi mumkin emas. Masalan: Hech bir fan organik 
materiyani o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi. I-chin. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə