Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


semantika tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan ob’ekt o‘rtasidagi  munosabatni o‘rganadi. Ikkinchisi  pragmatika



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

semantika
tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan ob’ekt o‘rtasidagi 
munosabatni o‘rganadi. Ikkinchisi 
pragmatika
bo‘lib, u kishilarning belgilarga munosabatini 
hamda belgilar yordamida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganadi. 
Uchinchisi, 
sintaksis
deyilib, u belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni (tilni qurish qoidalarini) 
o‘rganadi. Mantiq fanini ko‘proq til belgilarining semantikasi qiziqtiradi. 
3–savol bayoni:
Ob’ektiv olam, uning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini bilish
anglash tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari: 
tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa 
chiqarish 
orqali amalga oshadi va ular teran fikrlashimizning asosidir.
Ob’ektiv borliq, undagi buyum va hodisalar inson ongida tushunchalar yordamida, ular 
orqali aks etadi, bilib olinadi. Tushuncha tafakkurning eng dastlabki, sodda shakli, real borliqning 
inson ongidagi g‘oyaviy timsolidir. 
Tushuncha
deb buyum va hodisalarning eng umumiy, muhim, zaruriy belgilarini inson 
ongida aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi.
Buyumning asl, tub xususiyatlarini ifoda etuvchi belgi 
buyumning
muhim belgisi
hisoblanadi. Ongimizda aks etgan narsa va hodisalar belgisi 
tushuncha belgisi
deyiladi. Masalan, 


«odam» tushunchasining muhim belgisi aqlli, ongli, fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish faoliyatiga 
ega bo‘lgan mavjudot ekanligidir. Tushuncha tilda so‘z va so‘z birliklari orqali ifodalanadi. 
Tushunchaning mantiqiy tarkibi
ni uning mazmuni va hajmi tashkil etadi. 
Tushunchaning mazmuni 
deb unda aks etgan buyum va hodisalar
 
muhim belgilarining 
majmuidan iborat bo‘lgan bilimlarga aytiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə