Maqsad: a ta'limiymaqsadi


Dars turi: nazariy,amaliy Dars metodi



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə37/46
tarix23.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#123536
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
5 - sinf uchun konspekt www.sadikov.uz

Dars turi: nazariy,amaliy
Dars metodi: guruhlarga bo’lib
Dars jihozi: 1) metodik qo’llanmalar.
2) gazlamalardan namunalar , qaychi, igna, rangli ip.
Darsni borishi:
1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish.b) uy vazifa va amaliy ish uchun jihozlrni tekshirish.
O’tilgan mavzularni yodga solish:
1) kashtachilikda asosan qanday naqshlardan foydalanadi?
2) naqsh elementlari nimalardan iborat?
Yangi mavzu bayoni: O’rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo’lgan. Shuning uchun har bir oila o’zi uchun zardevor, palak, gilko’rpa, kirpech, so’zana, darpech, oynaxalta, choyxalta, parda, belbog’, takyaposh(postiq ustiga yopiladigan), do’ppi, ko’ylak, dast romol, hamyon, jaynamoz, sumka, nimcha, mahsi-kavush, turli o’lchamdagi haltachalarni badiiy did bilan matolarga tikib tayyorlaganlar. Qiyiqchada uning naqshi asosan 4 ta chetki qismida joylashgan bo’ladi. Avval naqsh guli qiyiqchaga tushurilib olinadi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi. Asbob va moslamalar: stol, stul, zaqnjirsimon popup chok namunalari, 110x110 sm o’lchamdagi sidirg’a gazlama bo’lagi, igna, angishvina , qaychi, santimetr lenta, turli xildagi mulina iplar, gardish.

  1. 110x110 sm o’lchamdagi sidirg’a gazlama bo’lagining qirqimlariga tikuv mashinalariga ishlov beriladi.

  2. Belbog’ning to’rt tomonidan bir xil kenglikda hoshiya chiziladi. Belbog’da gulning naqshi asosan 4 ta chetki qismining hoshoyasida joylashgfan bo’ladi.Hoshiyaning kengligi tikiladigan chokning kengligiga mos bo’lishi kerak.

  3. Avval naqsh guli qiyiqchaga tushurib olinadi, belbog’ bo’lib bo’lib gardishga tortiladi va zanjir chokda gazlama ranggidan farq qilubchi rangli ipda tikib chiqiladi.Bunda mulina iplarini ikki qavat qilib ishlatish tavsiya qilinadi.

  4. Belbog’ga hoshiyadan tashqari uning to’rta uchi tomoniga(hoshiyadan ichkarida bo’ladi) naqsh gulini tushirib tikish ham mumkun.

  5. Nusha tikib bo’lingach ,belbog’ning avval teskari so’ngra o’ng tomonidan dazmollanadi.


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə